Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Download 39.35 Kb.
bet1/20
Sana27.10.2023
Hajmi39.35 Kb.
#1728095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi


Mavzu: Yurakning tug‘ma poroklari. Ochik arterial yo‘l. Fallo triadasi, tetradasi va pentadasi. Lyutenbaxer sindromi. Aorta koarktatsiyasi
Yurak nuqsonlari og‘ir va keng tarqalgan xastalik bo‘lib, hamma iqlimiy zonalarda bir xilda uchraydi. Yurak nuqsonlari yurakning klapanlari, bo‘lmacha va qorinchalar o‘rtasidagi teshik, bo‘lmacha va qorinchalararo to‘siq, aorta va o‘pka arteriyasining boshlanish qismidagi ko‘pgina yetishmovchiliklarni o‘z ichiga oladi. Yurakning tug‘ma nuqsonlari bolalarda uchraydigan barcha tug‘ma nuqsonlarning 30% ni tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 0,7-1,7% gacha uchraydi. Uzoq vaqt aniqlanmagan va o‘z vaqtida davolanmagan tug‘ma yurak nuqsonlari bilan og‘rigan bolalarda og‘ir asoratlar, bir umr nogironlik va o‘lim ko‘proq kuzatiladi.
Yurak nuqsonlarining o‘rganar ekanmiz, uning normal anatomiyasini bilmay turib, bu kasalliklarda eng asosiy bo‘lgan qon aylanishi buzilishini tushunish qiyin bo‘ladi. Chunki bir qismida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan yurakning ikkinchi qismi normal tuzilishda bo‘lishi mumkin.
Yurakning anatomo-topografik xususiyatlari
Yurak ko‘ks oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning butun oldingi-pastki qismini egallab turadi. Yurakning to‘g‘ri o‘qi qiya, tepadan pastga, o‘ngdan chapga va orqadan oldinga yo‘nalgan. Old sohasida yurak o‘ng va chap o‘pkaning cheti va ulardan bo‘sh qismida ko‘krak qafasi bilan berkilib turadi. Yurakning asos va uch (apex) qismi tafovut qilinadi. Asos tarkibiga bo‘lmalar yurakka quyiluvchi va undan chiquvchi katta maGisstral arteriyalar kiradi. Asosi yordamida yurak maGisstral arteriyalarga mustahkamlangan. Uch qismi esa ko‘krak qafasining pastki qismida erkin yotadi. Yurakning uchi, ikkala qorinchasi, shuningdek ko‘tariluvchi aorta, o‘pka arteriya o‘zagi, o‘ng va chap bo‘lmachalar quloqchalari intraperikardial joylashgan. Kovak venalar va ikkala bo‘lmacha perikard bilan uchala tomondan, ya’ni mezoperikardial o‘ralgan. O‘pka venalari va ikkala arteriya ekstraperikardial joylashgan. Perikard ularni oldingi devorini yopib turadi. Perikard epikardga o‘tgan qismida sinuslarni hosil qiladi, bunaqa sinuslar 2 ta : ko‘ndalang va qiyshiq. Ko‘ndalang sinus old tomondan ko‘tariluvchi aorta hamda o‘pka arteriyasining o‘zagi va orqa hamda pastki tomondan chap bo‘lma hamda o‘pka venalari orasida joylashgan. Qiyshiq sinus esa yurak ostida joylashgan berk xalta bo‘lib, u yerda suyuqlik va qon yig‘ilib qoladi. Odatda operatsiya vaqtida bu sinusga drenaj qoldirilib ketiladi. Yurakning tashqi ko‘rinishi uni pastga yo‘nalgan piramidani eslatadi. Yurakda 3 ta sath bo‘lib, bular: to‘sh qovurg‘a (oldingi) sathi- facies sterno-costalis; Diafragmal (pastki) - facies diaphragmatica va o‘pka sathi (yon)- facies pulmonalis. Yuqori va pastki kovak venalar tananing yuqori va pastki bo‘lagidan qon yig‘ib, o‘ng bo‘lmaga quyiladi. O‘ng bo‘lmadan qon bo‘lmacha-qorincha teshigi, uch tabaqali klapan orqali o‘tib, o‘ng qorinchaga keladi. O‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasi stvoli chiqib, o‘ng va chap arteriyalarga bo‘linib o‘pkada shoxlanadi. O‘pkada bu arteriyalardagi qon kislorodga boyib, 4 ta o‘pka venalari orqali chap bo‘lmachaga qo‘yiladi va mitral teshik, ikki tabaqali mitral klapan orqali o‘tib, chap qorinchaga keladi. Mitral klapanning oldingi va orqa tabaqalari o‘zining asoslari bilan fibroz halqaga yopishgan, erkin yotgan cheti papilyar mushakka birikkan xordalar yordamida mustahkamlangan. Chap qorinchadan aortaga chiqish joyida yarim oysimon klapan joylashgan.

Download 39.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling