Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT



Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
AL-FIQH AL-ABSAT  
Kitob Imomi A’zam bilan shogirdlari Abu Muti’ning 
 savol-javoblariga asoslanib yozilgan. 
 
Savol: 
- Eng ulug‘ va eng sodda fiqh nima?
Javob: 
- Kimsani gunohi uchun kofirga chiqarmasliging, birorta odamni imonsiz deb mahkum 
qilmasliging, yaxshilikka buyurishing va yomonliklardan qaytarishing, senga tekkan 
narsaning tegmasligi mumkin emasligini, senga tegmagan narsaning tegishi mumkin 
emasligini bilishing, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ashoblaridan birortalaridan o‘zingni 
chetga tortmasliging, birlaridan birlarini yaqin tutmasliging. Hazrat Usmon va Hazrat 
Alining (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) voqealarini Allohga havola qilishing, ulardan birini 
ikkinchisidan afzal deb bilmasliging eng sodda va eng ulug‘ fiqhdir. 
Imomi A’zam so‘zlarida davom etdilar: 
- Diniy bilimlarni bilish ahkomlarni bilishdan ko‘ra afzalroqdir. Zero, odamning 
Parvardigoriga qanday ibodat (bandachilik) qilishni bilishi boshqa ko‘p ilmlarni o‘zida 
to‘plaganidan ko‘ra foydaliroqdir. 
Savol: 
— Eng afzal fiqh qaysi?
Javob: 
- Bandaning Allohga imon keltirishni, diniy vojiblarni, sunnatlarni, to‘siqlarni, ummatning 
ixtiloflarini bilishi eng afzal fiqhdir. 
Savol: 
— Imon nima? 
Javobida Abu Hanifa shunday dedilar: 
— Hammod Ibrohimdan, u Alqama ibn Murshiddan, u esa Yahyo ibn Ya’murning Ibn 
Umarga (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) quyidagi savol bilan murojaat etganini rivoyat qilgan: 
-Din to‘g‘risida xabar bering-chi, u nima o‘zi?
Ibn Umar javob qildilar: Imon keltirsang, uni bilasan.
Yahyo ibn Ya’mur: Bo‘lmasa, ayting-chi, imon o‘zi nima? — dedim.
Shunda Ibn Umar qo‘limdan ushlab bir keksa cholning oldiga olib bordilar, uning yoniga 
o‘tqizib qo‘ydilar va: bu mendan imon nima o‘zi, deb so‘rayapti dedilar. Bu mo‘ysa-fid 
Badr muhorabasida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ishtirok etganlardan, dedilar-da, 
menga yuzlanib: 
- Men Rasulullohning, sallallohu alayhi va sallam, yonlarida edim, bu mo‘ysafid men 
bilan birga edi. Shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga boshida sallasi bor, chiroyli 
ko‘rinishdagi bir kishi kirib keldi. Biz uni badaviy arablardan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. U 
odamlarning yelkalari osha o‘tib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilarida to‘xtab: 
— Ey Allohning elchisi, imon nima? — dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob qildilar: 
- «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning bandasi va elchisi» deb iqror 
bo‘lmoqliging. Allohning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, Qiyomat kuniga, 
yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga ishonmoqligingdir. 
Mo‘ysafid, to‘g‘ri aytding, dedi. Biz, badaviylarning savodsizliklariga qaramay, bu 


Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling