Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

 
 
Nazorat savollari 
 
1. Ortiqcha to’langan summa bilan oldindan to’langan summaning farqi nimada? 
2. Soliq qarzi, penya va umidsiz qarz tushunchalariga ta’rif bering. 
3.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  shaxsiy    hisob  varaqalari  qachon  va  qaysi  muddatga 
ochiladi? 
4. Shaxsiy  hisob varaqalarini qanday yuritiladi? 
5.  Soliq  to’lovchilarningsh  shaxsiy  hisob  kartochkalarida  qoldiq  summalari  qanday  aks 
ettiriladi? 
6. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob kartochkalariga kimlar ma’lumot kiritish huquqiga 
ega? 
7. Solishtirma dalolatnomalar qaysi hollarda tuziladi? 
8. Shaxsiy hisob varaqlar qachon yopiladi? 
 
 
 
 

 
61 
6-mavzu. Soliq elementlarining soliqlarni prognoziga ta’sirining tahlili  
 
Reja 
 
1. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tushumi tahlili.  
2. Soliqqa tortiladigan bazaning shakllanishi va o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar. 
3.Yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  undiriladigan  soliqlarning  tushumiga  ta’sir  etuvchi 
omillarning tahlili. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Yagona  soliq  to’lovi,  resurs  to’lovlari,  soliq  stavkasi,  soliq  ob’ekti,  soliq  sub’ekti,  soliq 
to’lovchilar, soliq imtiyozlari 
 
1.  Тabiat  va  jamiyatdagi  hodisalar  singari  iqtisodiy  hodisalarning  ham  tarkibiy  kismlarini 
bilmay turib, ya’ni tahlil qilmay turib, ularni ilmiy jihatdan o’rganib bo’lmaydi. 
Тahlil  (analiz)  iborasi  “analisys”  so’zidan  olinagn  bo’lib,  “bo’laman”,  “hal  etaman”  degan 
ma’noni  bildiradi.  Binobarin,  tahlil  murakkab  hodisa  va  predmetlarni  tarkibiy  qismlarga  bo’lish, 
ajratib  qo’yish  asosida  ko’rsatkichlarni  taqqoslash  va  o’rganish  demakdir.  Ma’lumki,  soliq 
tushumlarini  ko’paytirish,  faoliyatning  sifat  va  miqdor  ko’rsatkichlari  bo’yicha  muvaffaqiyatlarni 
o’rganish  va  uni  takomillashtirishning  qulay  yo’llarini  belgilash  –  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlar tahlilini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biridir. 
Тahlildan  umumiy  ma’noda  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligi  hamda  mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatini aniqlashda foydalaniladi. 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  tushumini  tahlili  iqtisodiy  tahlilning  bir  qismi 
hisoblanadi.  Iqtisodiy  tahlil  orqali  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligi  hamda  mamlakatning 
iqtisodiy salohiyati aniqlanadi. Soliq tizimi davlatga o’z faoliyatini olib borishi uchun zarur bo’lgan 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni,  undirish  usullari  va  muddatlarini  tartibga  soladigan  
huquqiy  normalar  majmuasidir.  Soliqlar  pul  resurslarining  davlat  ixtiyorida  to’planib  borishini 
ta’minlaydi,  bu  resurslardan  iqtisodiy  rivojlanishning  umumdavlat,  mintaqaviy  vazifalarini  xal 
qilish,  ishning  samaradorlik  va  sifatini  oshirishni  rag’batlantirish,  ijtimoiy  adolat  tamoyillaridan 
kelib chiqib, daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. 
  Bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda 
eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib keladi.  
Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, chunki soliqlar byudjetni tashkil 
etishning asosiy vositasi bo’libgina qolmay, balki ular: 
- xo’jalik yurituvchi subektlarning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga; 
- ishlab-chiqarishni rivojlantirishda investitsiyalarni ko’prok jalb etishga;  
- kichik biznesni rivojlantirishga; 
- xususiy korxonalar ochish bilan bozor infrastrukturasini barpo qilishga; 
- umumdavlat ixtiyojlarini qondirishga va boshqa maqsadlarni xal qilishga xizmat qiladi. 
Davlat  bilan  xo’jalik  yurituvchi  subektlar,  yani  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o’rtasidagi 
munosabat endilikda fakat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda. 
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 
Тahlil (analiz) so’zi yunon tilidan olinib ajratish, bo’linish manosini bildiradi. 
Тahlil  qilganda  fikran  yoki  amalda  narsani,  hodisani  tarkibiy  bo’laklarga  bo’lib, 
rivojlantirishiga tasir etuvchi faktorlarni o’rganish va natijalarni kelgusida ishlatish. 
Soliqlarning  tahlili  deganda,  soliq  siyosatining  samaradorligiga  tasir  etuvchi  analitik 
ko’rsatkichlarni o’rganish va shu asosda kerakli bo’lgan chora-tadbirlarni belgilashdir. 
Soliqlar tushumini tahlil qilish soliqlarni  soliqqa  tortish bazasi va uning  tarkibiy elementlari 
o’rganiladi,  jumladan  xo’jalik  yurituvchi  subektlarni  ishlab-chiqarish  maxsulotlarini  dinamikasi, 
yalpi daromadi, maxsulot tannarxi. maxsulot bahosi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar. 

 
62 
Soliqlar  tushumini  tahlili  ushbu  yo’nalishda  sodir  bo’lgan  barcha  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni  chuqur  o’rganib  boradi.  Barcha  jarayonlar  natijasi  ko’rsatkichlarda  ifodalanadi. 
Ko’rsatkichlar  esa  asosan  malumotlar  manbaida  (rejalarda,  meyorlada,    hisobotlarda  va  x.k.)  o’z 
aksini  topadi.  Shu  jaryonlarni  natijasi  malum  davrlarda  (oy,  chora,  yil)  jamlanib  boriladi  va  turli  
hisobotlarda aks ettiriladi. 
Soliq tushumlari tahlilining  asosiy  maqsadi - soliqlar va  yig’imlar tushumini, soliqqa tortish 
baza  va  uni  tashkil  etuvchi  elementlarni  o’rganish  va  shu  asosida  byudjet  tushumlari  obektlarini 
manbalar  va  umumiy  tushum  hajmi  bo’yicha  malum  davr  uchun  prognozlashtirish,  xo’jalik 
subektlari  va  davlat  bilan  o’zaro  soliq  qonunchiligini  takomillashtirish  bo’yicha  takliflar  ishlab 
chiqish  hisoblanadi. 
Bozor  iqtisodiyoti  har  xil  uslublar  bilan  boshqarilishi  mumkin,  shulardan  bittasi  davlat 
byudjetidir,  chunki  byudjetda  davlatning  sotsial-ijtimoiy  rivojlanishini  yo’nalishlari  va  bu 
yo’nalishlarni  rivojlanishini  mablag’  bilan  taminlash  manbalari  keltiriladi.  Davlat  byudjetini 
daromad qismini asosiy manbasi esa soliq va majburiy to’lovlardan tashkil topgan. 
Davlat byudjetiga tushgan soliq va to’lovlarni tushumini tahlil qilish natijasida soliq tizimini 
rivojlantirish  samaradorligi,  korxonalarni  ishlab  chiqarish  sharoitlarni,  tovarlar  va  xizmatlarning 
sotilishini  izga  solish  faktorlari  o’rganib  chiqiladi  va  ishlab  chiqarish  uchun  «soliq  iqlimi» 
yaratiladi. Тahlil asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o’sish sur’atlarining o’sishi yoki pasayishi, 
mablag’ to’planishini tezlatilishi yoki sekinlashtirilishi, aholining to’lov qobiliyati kengayishi yoki 
kamayishi bo’lgan tasiri o’rganib chiqiladi. 
Soliq  stavkalari,  imtiyozlari  va  jarimalarining  to’g’ri  qo’llanishi  natijasida  davlat  tomonidan 
muayyan  tarmoqlar  va  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  uchun  sharoit  yaratiladi.  Masalan, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi 744- sonli «Asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar va byudjet parametrlari to’g’risida»gi qarori bilan yuridik shaxslarning foyda solig’i 
2007  yilda  amalda  bo’lgan  10%li  soliq  stavkasi  saqlanib  qolindi.  Shuningdek,  mamlakatning 
eksport salohiyatini oshirish maqsadida eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarga foyda solig’i hamda mol-mulk solig’idan teishli imtiyozlar joriy qilingan. Ya’ni, agar 
sotishning  umumiy  hajmida  eksport  ulushi  15  foizdan  30  foizgacha  bo’lsa,  soliq  stavkasi  30%ga,  
agar  sotishning  umumiy  hajmida  eksport  ulushi  30  foizdan  ortiq  bo’lsa,  soliq  stavkasi  2  baravar 
kamaytiriladi. 
Soliq  stavkalarini  boshqa  davlatdagi  xuddi  shunday  soliq  stavkalariga  qiyoslanishi  esa, 
mintaqaga  xos  xususiyatlarini  e’tiborga  olgan    holda  boshqa  mamlakatlar  bilan  teng  bo’lgan 
xo’jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Bu esa o’z navbatida respublikaga chet 
el investitsiyalarni keltirishga imkoniyat yaratib beradi. Soliq tizimini tahlili shuni  ham ko’rsatadi, 
soliqlarni yig’ish jarayoni imkon qadar arzonlashtirilishi kerak, buning uchun respublikada soliqqa 
tortish  tartibi  takomillashtirilishi  bilan  bir  qatorda  kompyuter  texnologiyalari  va  boshqa  axborot 
ta’minotlari  ham yo’lga qo’yiladi. 
Davlat  bilan  korxonalar  o’rtasidagi  munosabat  endilikda  faqat  soliq  orqali  amalga 
oshiriladigan holatga aylanishi ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 
Soliqlarni tahlil qilishni asosiy turlari quyidagilar: 
- gorizontal (vaktiy) tahlillash, bu degani soliqlar tushumini oldingi davrdagi soliqlar tushumi 
bilan qiyoslash; 
- vertikal (tarkibiy) tahlillash, bunda soliqlarning umumiy tushumida, har bir soliq manbasini 
aniqlash va soliqlarning umumiy tushumiga tasirini o’rganish; 
-  omilliy  tahlillash,  bu  usul  bilan  soliqlar  tushumini  umumiy  xajmiga,  yoki  soliqlar  turi 
bo’yicha bo’lgan o’zgarishlarga tasir etuvchi omillarni o’rganish. 
Soliqlar tushumini tahlil qilishda qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ko’rsatkichlarni  mazmuni  bo’yicha  bo’lar  miqdor  va  sifat  ko’rsatkichlariga  bo’linadi. 
Masalan:  miqdor  ko’rsatkichlar  bu  soliqlar  tushumini  umumiy  hajmi,  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarni  to’lagan  soliqlarini  umumiy  miqdori    hisoblansa,  sifat  ko’rsatkichlari  deb  soliq  turlari 
bo’yicha tushgan tushumlar  hisoblanadi. 

 
63 
Ko’rsatkichlar  ifodalanish  shakli  bo’yicha  ikki  guruxga:  mutloq  va  nisbiy  ko’rsatkichlarga 
bo’linadi. 
Mutloq  ko’rsatkichlar  iqtisodiy  jarayonni  sanaydigan  va  o’lchaydigan  boshlang’ich 
ko’rsatkichdir. Masalan: soliq to’lovchilarning soni; ularning turlari; to’lagan soliqlarining hajmini 
aniqlash kiradi. 
Nisbiy  ko’rsatkichlar  yordamida  turli  mutloq  ko’rsatkichlarni  turli  davrda  hajmini  bir-biriga 
solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Nisbiy  ko’rsatkichlar  (koeffitsiyentlar)  yordamida  soliqlar  tushumini  umumiy  xajmini,  soliq 
manbalari bo’yicha o’tgan davrga nisbatan o’sish so’r’atlari, bajarilish foizlari aniqlanadi; 
Masalan:  soliqlar  tushumini  umumiy  hajmini  o’tgan  davr  ko’rsatkichlari  bilan  solishtirib 
o’sish suratini, bajarilish foizini aniqlash mumkin. 
Soliqlar  tushumini  tahlil  qilishda  eng  ko’p  qo’llaniladigan  usullardan  bittasi  bu  solishtirish 
usulidir.  Bu  usulni  qo’llash  bilan  tahlillash  boshlanadi.  Shu  usul  orqali  tahlil  qilinayotgan 
ko’rsatkichlarni  farqi  aniqlanadi.  Solishtirishda  asos  qilib  miqdorlar  olinadi,  jumladan,  yangidan 
yaratilgan yalpi daromad, ichki maxsulotning yillik miqdori, milliy daromadning miqdori, umumiy 
soliqlar tushushmining miqdori va boshqalar. 
Soliqlar  tushumini  tahlil  qilishda  miqdor  ko’rsatkichlarining  barcha  turlari:  mutloq  miqdor; 
nisbiy miqdor; o’rtacha miqdor: indekslar kabilar qo’llaniladi. 
Mutloq  miqdor  har  qanday  miqdorning  asosi,  iqtisodiy  jarayonlarni  sanaydigan  va 
o’lchaydigan boshlang’ich ko’rsatkichdir. 
Masalan,  soliq  to’lovchilarning  soni;  ularning  turlari;  to’lagan  soliqlarining  hajmi  va 
boshqalar. 
Mutloq  miqdordan  tahlilda  foydalanishda  asosan  qo’shish  va  ayirish  yo’llari  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Nisbiy  miqdorlar  tahlil  qilishda  dastlabki  muxim  xulosa  chiqarishda  ishlatiladi.Nisbiy 
miqdorlardan tahlil qilishda asosan bo’lish va ko’paytirish usullari ishlatiladi. 
Nisbiy  miqdor  tahlil  jarayonida  asosan  mutloq  miqdorlarni  bir  biriga  bo’lish  natijasida 
vujudga keladi. 
Masalan, soliq va to’lovlar bo’yicha prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishi, yoki o’tgan davrga 
nisbatan o’sish surati va boshqalar. 
Ushbu  tahlil  jarayonida  nisbiy  miqdorni  nimani  ifodalashi  bilan  bog’liq  bo’lgan  bir  necha 
turlarni ajratish mumkin: 
- reja topshiriqlarini bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdor; 
- o’zgarish suratini ifodalovchi nisbiy miqdor; 
- tarkibini ifodalovchi nisbiy miqdor va boshqalar. 
Тahlil  qilish  odatda    hisobot  davrida  erishilgan  natijaning  boshqa  davr  ko’rsatkichlaridan 
farqini aniqlashdan boshlanadi. Тahlil natijasida tegishli farq aniqlanadi. Bu aniqlangan farq ijobiy 
yoki salbiy xulosa chiqarishga asos bo’lishi mumkin. 
Ammo qilinayotgan tahlil to’liq bo’lishi uchun har bir tahlil qilinayotgan ko’rsatkichni qator 
yillar  davomida  o’zgarishi  tendensiyasi  bilan  bog’lab  ko’rib  chiqish  kerak.  Shu  tufayli  tahlil 
jarayonida  o’rganilayotgan  ko’rsatkichning  boshqa  ko’rsatkichlar  bilan  solishtirgan  xolda 
dinamikasi aniqlanishi lozim. 
Ko’rsatkichlar dinamikasini tahlil qilganda iqtisodiy jarayonni biri biri bilan bog’liqligi kelib 
chiqadi. 
Тahlil uchun malumotlar manbaidan to’g’ri foydalanish muxim axamiyatga ega. 
Soliqlarning tahlili quyidagi malumotlarga asoslanadi: 
- buxgalteriya va statistik  hisobotlari; 
- soliq stavkalari; 
- soliq bazasi va unga tasir etuvchi omillar; 
- soliq yukini taqsimlanishi va boshqalarga 
Soliqlarni tahlili korxonalarni moliyaviy va xo’jalik  hisobotlari ko’rsatkichlarini tahlil qilish 
va  ulardan  ma’lum  xulosalar  chiqarib,  soliq  tushumlarini  prognozlash  va  xulosalar  chiqarish, 

 
64 
prognoz  hisobotlariga  ta’sir  etuvchi  iqtisodiy,  moliyaviy  va  ijtimoiy  faktorlarni  aniqlashdan 
boshlanadi.  Masalan:  Foyda  solig’i  tahlil  qilinsa,  soliq  ob’ektini,  foyda  solig’ini  va  boshqa 
soliqlarni  to’lovchilarni,  jami  daromad  tarkibini,  o’zaro  aloqador  shaxslarning  soliq  solinadigan 
daromadiga  o’zgartish  kiritish,  jami  daromaddan  chegirmalarni,  umidsiz  qarzlar  bo’yicha 
chegirmalarni,  moliyaviy  jazo  va  peniya  summalarini,  asosiy  vositalar,  qimmatli  qog’ozlar  va 
boshqa  aktivlarni  sotishdan  qilingan  zararlarni,  amortizatsiya  bo’yicha  chegirmalarni  va 
tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bog’liq  bo’lmagan  xarajatlarni  shuningdek  soliq  stavkalarini  va  soliq 
bo’yicha imtiyozlarni O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi asosida amalga oshirilishi lozim 
bo’ladi.  
Soliqlar  tushumining    tahlili  ushbu  yo’nalishda  sodir  bo’lgan  barcha  jarayonlarni  chuqur 
o’rganib chiqadi. Shu jarayonlar natijasi malum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli  
hisobotlarda aks ettiriladi.  
Soliqlar tushumining tahlili natijasini chizma  jadvallar tuzish; 
 har bir soliq turi bo’yicha jadvallar, dinamik qatorlar va boshqa  
sxemalar orqali ko’rsatish mumkin.  
Soliq  va  tushumlarning  tahlili  o’z  navbatida  davlat  boshqaruvini  takomillashtirishga,  soliq 
tizimini rivojlanishiga yordam beradi.    
Soliq amaliyotda quyidagi ko’rsatkichlar tahlil qilinishi ko’zda tutiladi: 
- umumdavlat va mahalliy byudjetlarni bajarilishi; 
- belgilangan prognoz ko’rsatkichlarini bajarilishi; 
- soliq turlari bo’yicha tushumlarni umumiy soliqlar hajmidagi salmog’i aniqlash; 
- soliqlarning stavkalarini byudjetga tushayotgan soliq summalariga tasiri o’rganish; 
- soliq to’lovchi  huquqiy va jismoniy shaxslarni soni tahlil qilish; 
- soliqlarning soliqqa tortish bazasiga tasir etuvchi omillarni o’rganish;  
-  xo’jalik  yurituvchi  subektlarni  soliq  qarzisi  va  debitorlik  qarzlarini  tahlil  qilish  va  boshqa 
ko’rsatkichlar. 
Davlat  byudjet  tizimining  etakchi  bo’g’ini  –  respublika  byudjeti.  U  umumdavlat  tusidagi  va 
umuman jamiyat extiyojlarini ifodalaydigan tadbirlarni moliyalash uchun umumdavlat resurslari bir 
qismini  bevosita  davlat  hokimiyatining  oliy  ijroiya  va  farmoyish  berish  organi  –  O’zbekiston 
Respublikasi tassarufida markazlashtirishni taminlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muxim tarkibiy qismi bu mahalliy byudjetlardir. 
Mahalliy  byudjetlar  tizimi  mahalliy  ehtiyojlarni  to’laroq    hisobga  olish  va  ularni  davlat 
markazlashtirilgan  tartibda  amalga  oshiradigan  chora-tadbirlar  bilan  to’g’ri  solishtirish  imkonini 
beradi. 
Keyingi  yillarda,  hukumatimiz  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar  orqali  (ayrim 
umumdavlat  soliqlaridan,  masalan,  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq;  ayrim  aksiz 
soliqlaridan  tushum  maxalliy  byudjetga  yunaltirilmokda)  davlat  byudjeti  daromadlari  tarkibida 
mahalliy byudjetlarga yo’naltirilgan mablag’lar ulushi o’sib bormoqda.  
Bu  siyosat  mahalliy  hokimiyatlarni  mahalliy  byudjetlarning  sifatli  bajarilishi  orqali 
hududdagi iqtisodiy ijtimoiy vazifalarni bajarilishiga zamin yaratadi. 
Soliqlar  tushumining  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  keyingi  yillarda  soliq  tushumlarining 
belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bajarilib kelmoqda va bajarilishining o’tgan davrlarga nisbatan 
o’sganligi kuzatiladi. 
Soliqlar  tushumini  o’sish  sur’atiga  bir  tomondan  hukumatimizning  soliq  siyosatini 
takomillashtirishga  qaratilgan  chora-tadbirlari  ta’sir  qilsa,  ikkinchi  tomondan  soliq  stavkalarini 
o’zgaruvchanligi tasir qiladi.  
Soliq  stavkalarini  soliqlar  tushumiga  ko’rsatayotgan  tasirini  o’rganishda  shunday  xulosaga 
kelish  mumkinki,  yuqori  soliq  stavkalarni  ishlatib,  ko’p  pul  topish  foydasiz  hisoblansa,  past 
stavkalarini  qo’llash  esa  samarali  byudjet  siyosatini  amalga  oshirish  imkonini  bermaydi.  Shu 
sababli har bir davlat maqbul soliqqa tortish qoidalarini axtaradi.  
Bosh qoidani  A.Smit tariflab bergan  edi:  «Oltin  tuxum  qo’yadigan tovuqni  so’yish mumkin 
emas». Ushbu qoida Laffer effekti bilan bevosita bog’liq. Ya’ni, soliqlar yuqori darajada bo’lganda 

 
65 
ishlab-chiqarishning foyda keltirishi kamayadi, investitsiyalar rag’batlantirilmaydi, mahsulot ishlab 
chiqarish  kamayadi,  foyda  hajmi  tushib  ketadi  va  natijada  byudjetga  to’lanadigan  soliq  summasi 
ham kamayib ketadi. 
Soliq  siyosati  asosiga  byudjetga  soliq  tushumlari  hajmlarini  soliq  stavkalarini  ko’paytirish 
hisobiga  emas,  balki  ishlab  chiqarishning  tegishli  tarmoqlarini  va  maxsulotning  ustuvor  turlarini 
rag’batlantirish  vositasida  soliq  bazasini  ko’paytirishga  imkon  yaratadigan  choralar    hisobiga 
ko’paytirish zarurligiga qaratilgan. 
Хukumatimizning  tanlagan  soliq  siyosati  ham  shunga  qaratilganligini  foyda  solig’i 
stavkalarining dinamikasidan kuzatish mumkin. 
Foyda solig’ini stavkalari 
 
  
 Soliq  tushumlarini  o’sishi  yoki  kamayishiga  tasir  qiluvchi  omil  sifatida  soliq  to’lovchi 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  soni,  ularning  to’lagan  soliq  summalari,  faoliyati  tahlil  o’rganib 
chiqiladi. 
Bu  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  soliq  to’lovchilarni  sonini  aniqlash  va  guruxlash 
korxonalarni faoliyat turlariga qarab soliq tushumlarini  hisoblash va tahlil etish har bir korxonada 
buxgalteriya    hisobi  asosida  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatini  to’g’ri  yuritilishini  va  buxgalteriya  
hisobotlari  qonunda  belgilangan  tartibda  yurigizilishini  nazorat  qilish  va  tahlil  etish  va  yig’ma 
jadvallar tuzishni taqozo etadi. Yig’ma jadval xududlar bo’yicha, korxonalar bo’yicha, soliq turlari 
bo’yicha, faoliyat turlariga mulk shakiliga va boshqa belgilarga qarab  jadvallar tuziladi. Shu bilan 
bir qatorda jismoniy shaxslardan olinadigan soliq tushumlarini, hisoblab tahlil etish zarurdir. Qabul 
qilingan  ma’lumotlar  asosida  xududlar  bo’yicha  (tumanlar  shahar  respublika)  soliq  tushumlarini 
tahlil etiladi va zarur chora va tadbirlar belgilanadi. 
Soliqlarning  turlari  bo’yicha  tasniflanishiga  bir  necha  belgilar  asos  bo’ladi,  yani  ularni 
undirish  usullari,  qo’llaniladigan  stavkalar  turi,  soliq  imtiyozlari  va  boshqalar.  Soliqlar  iqtisodiy 
mohiyatiga ko’ra  bevosita va bilvosita soliqlarga bo’linadi. 
Bevosita  soliqlarning  to’lovchisi  daromad  oluvchi  yoki  mol-mulkka  egalik  qiluvchi  xo’jalik 
yurituvchi subekt  hisoblanadi. 
Тovarning  bahosida  to’lanadigan  yoki  tarifiga  kiradigan  soliqlar  bilvosita  soliqlar  deb 
belgilanadi.  Ushbu  soliqlarga  qo’shilgan  qiymat  solig’i,  aksiz  solig’i,  iste’mol  solig’i  kiradi. 
Bevosita soliqlarning pirovard to’lovchisi xo’jalik sub’ekti  hisoblansa, bilvosita soliqlarni pirovard 
to’lovchisi, iste’molchi  hisoblanadi. 
Byudjetga to’lovlar bo’yicha tushum dinamikasini ko’rib chiqsak. 
2001-2011 yillarda byudjetga to’lovlar buyicha tushum dinamikasi. 
1996 
yil 
1997 
yil 
1998 
yil 
1999 
yil 
2000 
yil 
2001 
yil 
2002 
yil 
2003 
yil 
2004 
yil 
2005 
yil 
2006 
yil 
2007-
2009 
yillar 
2010-
2011 
yillar 
37% 
36 % 
35 % 
33% 
31% 
26% 
24% 
20% 
18% 
15% 
12% 
10% 
9% 

 
66 
0
5000
10000
15000
20000
2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011
Прогноз
 
 
 
Byudjetga  to’lovlar  bo’yicha  tushumlarning  yillar  bo’yicha  o’sishiga  soliq  to’lovchilar  soni, 
jami tovar aylanmasi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining va eksport ulushining oshganligi  sabab 
bo’lgan. 
Тahlil qiladigan bo’lsak, davlatimizning soliq siyosati iqtisodiyotda bevosita soliqlar ulushini 
kamaytirib,  bilvosita  soliqlar  va  resurs  to’lovlari  ulushini  oshirish  orqali  byudjetni  to’ldirishga 
qaratilganligini  nazarda tutib, 2005-2011  yillarda  soliq  turlari bo’yicha  bilvosita  soliqlar  va  resurs 
soliqlarining ulushi ortib borayotganligini ko’rishimiz mumkin. Jami tushumlar tarkibida bilvosita 
soliqlarning  ulushi  yuqoriligining  sababi  qo’shilgan  qiymat  solig’i  va  aksiz  solig’i  stavkalarining 
yuqoriligi va soliq to’lovchilarning soni bilan bog’liq.  
Soliq  tushumlarini  tahlil  qilishda  tushumga  ta’sir  qiluvchi  omillarni  o’rganish  muhim 
ahamiyatga  ega.  Bulardan  eng  muhimi  soliq  qarzi  qarzlar  o’sishining  umumiy  soliq  tushumiga 
ta’siridir. 
 Byudjetga  to’lovlar  bo’yicha  joriy  soliq  qarzi  qarzlar  o’sishining  jami  soliq  tushumidagi 
salmog’i  dinamikasini  kuzatadigan  bo’lsak,  ayrim  hududlarda  joriy  soliq  qarzi  qarzlarining 
kamayganini  ko’rsak,  ayrim  hududlarda  o’sganiga  guvoh  bo’lamiz.  Ya’ni,  jami  soliq  tushumlari 
tarkibida  asosiy  o’rinlarni  egallagan  Тoshkent  shahri  va  Navoiy  viloyatlari  bo’yicha  joriy  soliq 
qarzi  qarzlarining  kamaygani  kuzatilgan  bo’lsa,    Qoraqalpog’iston  Respublikasi,    Andijon, 
Namangan  va  Farg’ona  viloyatlarida  bu  ko’rsatkichning    o’sganligi  kuzatiladi.  Soliq  qarzi 
qarzlarining o’sishi byudjetga to’lovlar bo’yicha soliq tushumlarining kamayishiga olib keladi. 
Shuningdek,  soliq  tushumlarining  o’zgarishiga  soliq  to’lovchilar  sonining  o’zgarishi  ham 
sezilarli ta’sir ko’rsatadi.  
Misol uchun  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling