1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Ovqatga ishlatiladigan kislotalar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Ovqatga ishlatiladigan kislotalar. 
Oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda, asosan, sirka va limon kislotalari 
ishlatiladi. 
Sirka kislotasi. Bu kislota vinoni, pivoni bijg‘itib sirkaga aylantirish yo‘li bilan 
olinadi. Qanday xomashyodan tayyor- langanligiga qarab vino sirkasi, meva- 
rezavor meva sirkasi va pivo sirkasi farqlanadi. 
Sirka kislotasi sotuvga oshxona sirkasi va sirka essensiyasi holida chiqariladi 
va 5—6% ga keltirilgandan keyingina iste’- molga yaroqli hisoblanadi. 
Limon kislotasi. Bu kislota rangsiz kristallar holatida bo‘lib, uning tarkibida 
limon kislotasining miqdori 99,5% ni tashkil etadi. Limon kislotasi oq rangli, 
quruq, sochiluvchan kon- sistensiyaga ega. Rangsiz kristallar suvda oson eriydi
eritmasi tiniq, ta’mi nordon bo‘ladi. Limon kislotasi qandolatchilikda, likyor-aroq 
mahsulotlari, spirtsiz ichimliklar olishda ishlatiladi. Uy sharoitida esa bu kislotani 
sirka o‘rniga ishlatish maqsadga muvofiq. 
Natriy glutamati. Natriy glutamati glutamin kislotasining natriyli tuzi hisoblanadi. 
Toza natriy glutamati oq rangli, kristal holidagi tolqonsimon mahsulot bo‘lib, 
suvda yaxshi eriydi. Eritmasi sho‘rroq ta’mli, hidsiz bo‘ladi. 
Natriy glutamati ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo qandlavlagini qayta 
ishlash sanoatining chiqindilari hisoblanadi. Natriy glutamati qaynatilgan 
kolbasalar, konservalar, konsentratlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Natriy glutamati gigroskopik mahsulot bo‘lganligi uchun 
germetik 
bekitiladigan idishlarda saqlash tavsiya etiladi. 
Osh tuzi. 
Osh tuzi tabiiy manbalardan olinadigan xlorli natriyning (NaCl) toza 
kristallaridan iboratdir. Toza osh tuzlari tarkibida xlorli natriyning miqdori 97,0— 
99,7% ni tashkil etadi. Xlorli natriy tarkibida natriyning miqdori 39,4% ni, 
xlorning miqdori esa 60,6% ni tashkil etadi. 
Osh tuzi ovqatga solinadigan dorivorlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. 
Inson organizmida xlorli natriyning yetishmasligi suv-tuz almashinuvining 
buzilishga olib keladi. Xlorli natriy qon, limfa, protoplazma tarkibiga kirib, 
to‘qima va hujayralarda osmotik bosimni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. 
Katta yoshdagi odamlarning osh tuziga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji o‘rtacha 10— 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling