1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


 Go‘shtning tana harorati va semizlik darajasiga ko‘ra turlari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

2. Go‘shtning tana harorati va semizlik darajasiga ko‘ra turlari. 
Haroratiga qarab (mushaklar ichidagi va suyaklar oldidagi haroratiga binoan) 
go‘sht quyidagicha guruhlanadi: hovuridan tushmagan, hovuridan tushgan
sovitilgan, o‘ta sovitilgan, muzlatilgan va muzdan tushgan. 
Hovuridan tushmagan go‘sht (yangi go‘sht) mol so‘yilishi bilan olingan 
go‘shtdir, uning harorati 34°C. U dag‘al, mazasiz va organizmda yaxshi hazm 
bo‘lmaydi. Buning sababi, bunday go‘sht hali yetilish jarayonini o‘tmagan bo‘ladi. 
Yangi go‘sht savdoga chiqarilmaydi. 
3. Sovitilgan go‘sht nimtalarga ajratilgandan so‘ng mushaklar ichidagi harorat 
0° dan +4°C gacha sovitilgan go‘shtdir. Sovitish maxsus sovuq xonalarda, go‘shtni 
ilgaklarga ilib 0° + 2°C da, nisbiy namlik 90—98% bo‘lgan sharoitda 24 soat 
davomida olib boriladi. Uning ustki qismi nam bo‘lmaydi, 
yupqa par da bilan qoplangan, mushaklari elastik bo‘ladi. Sovitilgan go‘shtning 
sho‘rvasi tiniq, ta’mi mazali va xushbo‘y bo‘ladi. 
O‘ta sovitilgan go‘shtning harorati — 1,5°C dan — 3°C gacha, ya’ni muzlash 
nuqtasiga yaqinroq keltirilgan bo‘ladi. Bu go‘sht sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 


109 
sovitilgan go‘shtga juda o‘xshash. 
Muzlatilgan go‘sht sovitilgandan so‘ng mushaklar ichidagi harorat — 6°C 
gacha muzlatilgan go‘shtdir. Muzlatilgan go‘shtning sifati uni muzlatish usuliga (tez 
yoki sekin muz- latishga) bog‘liq. 
4. Muzdan tushgan go‘sht deganda, maxsus kameralarda asta-sekin muzi 
eritilib, harorati —1°C dan +4°C gacha keltirilgan go‘shtga aytiladi. Muz eriganda 
hosil bo‘ladigan go‘sht seli to‘qimalarga shimilib, go‘shtning ta’m xususiyatlari va 
oziqalik qiymatining saqlanishini ta’minlaydi. Muzdan tushirilgan go‘shtni qayta 
muzlatish va saqlash tavsiya etil- maydi. Bunday go‘shtlarni tezda qayta ishlash 
maqsadga muvofiq. 
5. Qo‘y (qo‘y va qo‘chqor) go‘shti sarg‘ish qizil yoki to‘q qizil, mayda donador 
tuzilishli, o‘ziga xos hidli, yog‘i zich oq rangda va baland haroratda eriydi. 
Semizligiga qarab mol go‘shti I, II toifalarga va oriq go‘shtga bo‘linadi. Mol 
go‘shti mushak to‘qimasining rivoj- langanlik darajasi, teri osti yog‘ qatlamlari va 
skelet suyaklari bo‘rtib chiqqanligiga qarab toifalarga bo‘linadi. 
Go‘shtning semizlik kategoriyalari tamg‘alab belgilanadi. I toifali go‘shtga 
binafsha rangli dumaloq tamg‘a bosiladi. Oriq go‘shtga qizil rangli uchburchak 
tamg‘a qo‘yiladi. II toifali go‘shtga esa binafsha rangli kvadrat tamg‘a bosiladi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling