1. Ферментларни барқарорлашнинг афзаллик жиҳатлари


Ферментлар ва уларнинг классификацияси. Оксидоредуктаза ферментини ишлатилиши. Fermentlar klassifikatsiyasi


Download 88.58 Kb.
bet12/12
Sana06.05.2023
Hajmi88.58 Kb.
#1435455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
biotex

30.Ферментлар ва уларнинг классификацияси. Оксидоредуктаза ферментини ишлатилиши. Fermentlar klassifikatsiyasi:.Oksidoreduktazalar – oksidlanish-qaytarilish reakstiyalarini amalga oshirish, va O ni o’tkazish (masalan, katalaza, peroksidaza) 2. Transferazalar – atomlar yoki guruxlarni tashish reakstiyalarini katalizlaydi (metil, fosfat, amin va boshq) (Masalan: AlAt, AsAt) 3. Gidrolazalar – murakkab moddalarni suv ishtirokida parchalash reakstiyalarini katalizlaydi. (Masalan: amilaza)4. Liazalar – substratning bog`larini suv ishtirokisiz uzish reakstiyalarini katalizlaydi (Masalan: L-malat-gidrolaza.Oksidoreduktazalar (yunoncha: oksido — nordon va reducto — orqaga qayta-raman) — tirik hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini katalizlaydigan fermentlar. Hamma tirik hujayralarda uchraydi. Hujayrani energiya bilan taʼminlashda muhim rol uynaydi. O.ning eng muhimlari: degidrogenazalar (nafas olganda va fotosintez jarayonida vodorod va elek-tronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga oʻtkazadi), oksidazalar (ularda O2 oksidlovchi), peroksidazalar (oksidlovchi — N2O2), gidrolazalar (moddaga O2 ning bir atomini beradi), oksige-nazalar (moddaga O2 ning ikkala atomini beradi).[1]

31.Ўсимлик манбаидан биологик фаол модда ажратиш технологияси. Tabiiy birikmalar tabiatda uchraydigan biologik faol moddalar bo‘lib, ular o'simlik va hayvon mikroorganizmlari tarkibida bo'ladi. Dori preparatlari esa shu tabiiy birikmalari xomashyosidan olingan agromagnitli tabir standartiga javob berishi kerak. O'simliklar xomashyosi — barglari (kiyik o't), gullari (pol- pola), urug'lari (arpa, bug'doy), mevasi (na’matak, turshak),danagi (achchiq, shirin bodom), po'chog'i (anor, limon), ildizi (jenshen) va h.k. Bu o'simlik xomashyolaridan asosan tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Ulardan yog' (paxta urug'i, kungaboqar urug'i, turli xil danaklilardan)mahsulotlari olinadi. Tibbiyotda (bodom yog'i, turshak, na’matak, oblepixa yog'i va hokazolarga) qayta ishlov berib tayyorlanadi. O'simliklar hujayrasida to‘xtovsiz ravishda biokimyoviy o'zgarishlar yuz berib turadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan biologik faol moddalar ma’lum vaqt va sharoitda turli o‘zgarishlarga uchraydi. Natijada ular boshqa birikmalarga aylanadi: murakkab molekulali moddalaming sintezida ishtirok etadi yoki o‘zidan energiya chiqarib, oddiy birikmalarga parchalanib ketadi. Parchalanib ketgan biologik faol moddalar o‘rniga yangisi vujudga keladi. Bular biokimyoviy jarayonlarda faol qatnashadi. O‘simlik hujayrasida uzluksiz ravishda bo'lib turadigan o‘zgarishlarga o‘simlikning yosh yoki qariligi, o'sish (vegetatsiya) davri, tashqi muhit (o‘sish joyi namlik miqdori, tuproqning tarkibi, iqlim va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bir turdagi o'simlik tarkibida uning o'sishi uchun kerakli sharoitga qarab, turli miqdorda biologik faol moddalar to'planishi mumkin. Biologik faol moddalar o'simlikning yer ustki qismiga, masalan, poya, barg, gullarida, asosan gullash davrida, yer ostki qismilarida, vegetatsiya davri oxirlarida (ko'pincha kech kuzda) maksimal miqdorda to'planadi. Organizmda turli sabablarga ko‘ra taqchillashib qolgan ovqat komponentlari (vitaminlar, makro va mikroelementlar, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, yog‘ kislotalari) ning o‘rnini qoplaydi.  Tashqi muhitning har xil zararli omillari (yuqori yoki past harorat, bosim, radiatsiya, kislorod yetishmasligi, vaznsizlik, tezlik, kuchli jismoniy yuklamalar) ga bardoshlilikni oshiradi  Immun tizimi ishini mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini oladi.  Tanada doimiy ravishda sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.  To‘qima va hujayralarda hayotiy jarayonlar davomida hosil bo‘lgan zaharli moddalar hamda shlak(shilliq)larni tanadan chiqarib yuboradi.  Oshqozon-ichak tizimidagi foydali mikroflorani saqlab turadi, kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘payib ketmasligini ta’minlaydi, disbakteriozni bartaraf etadi.  Organizmning fiziologik xususiyatlari (homiladorlik, bola emizish, o‘sish, keksayish, ruhiy iztiroblar davri)da ovqatlanishni tartibga soladi.  Har xil kasalliklar (yurak qon-tomir, asab, oshqozon-ichak, endokrin tizimlar kasalliklari, saraton, semirish singarilar)ning oldini olib davolaydi.  Organizmning turlicha, ya’ni tashqi va ichki muhit sharoitlari (yer sharining bir-biridan vaqtga nisbatan 10-12 soat farq qiladigan hududlariga borib qolganda, uzoq muddatli safarlarga chiqqanda) organizmning tez moslashuvchanligini ta’minlaydi.


Download 88.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling