Ingliz tili grammatikasi


Download 354.5 Kb.
bet2/43
Sana30.04.2023
Hajmi354.5 Kb.
#1402489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
DAFTAR

Turdosh ot – ma’lum bir guruhga kiruvchi otlarga qo’yilgan umumiy nomdir. Uning quyidagi turlari mavjud:

Person

Thing

Place

sister

table

city

Boy

room

river



Atoqli ot – ma’lum bir guruhga kiruvchi otlarni o’zaro farqlash, ajratish uchun ularga qo’yilgan nomlardir. Atoqli ot doim bosh harf bilan yoziladi.
M: Akmal, Parvina, Tommi, Samarkand, Amudarya

! Agar atoqli ot bir necha so’zdan hosil qilingan bo’lsa, artikl, predlog va bog’lovchilardan tashqari barcha so’zlar bosh harf bilan yoziladi


M: The Republic of Uzbekistan
The United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland
The United States of America

Sanalish xususiyatiga ko’ra barcha turdosh otlar 2 turga bo’linadi:



    1. countable – sanaladigan

    2. uncountable – sanalmaydigan



Sanalmaydigan otlar – donalab sanash mumkin bo’lmagan otlardir. Ular o’lchov birliklari yordamida o’lchanishi mumkin sanalmasada birlik sifatida qabul qilinadi, lekin ko’plik shakliga ega emas. Ular quyidagilar:
1. moddani ifodalaydigan otlar: oxygen, hydrogen, gold, silver, iron, copper, oil, petrol, wood, wool, sugar, pepper, salt, bread, tea, coffee, rice, butter, juice, jam, cheese, meet, mustard, vodka, wine, beer, whisky, cream, yoghurt

2.mavhum tushunchalar: friendship, love, courage, bravery, knowledge, soul


3. Fan nomlari: physics, phonetics, geometry, chemistry, labour, physical training, literature, history, biology, geography


4. quyidagi otlar boshqa tillarda sanalsada ammo ingliz tilida sanalmaydi:


accommodation, advice, baggage, luggage, behaviour, bread, damage, chaos, furniture, information, luck, pleasure, money, news, progress, permission, scenery, trouble, traffic, work, weather, travel, hair, music, homework, sound, mumps, food, soap, leisure

Ba’zi so’zlar bir necha ma’noga ega. Ularning bir ma’nosi bilan sanalsa ikkinchi ma’nosi sanalmaydi. Masalan:


Hair – 1) soch (sanalmaydi)
2) qil, soch tolasi (sanaladi)
Iron – 1) temir (sanalmaydi)
2) dazmol (sanaladi)
Glass – 1) shisha (sanalmaydi)
2) stakan, ko’zoynak (sanaladi)
Time – 1) vaqt (sanalmaydi)
2) marta (sanaladi)
Paper – 1) qog’oz (sanalmaydi)
2) gazeta (sanaladi)
Money – 1) pul (sanalmaydi)
2) pul birligi, (dollar, euro, sum) (sanaladi)
Experience – 1) tajriba (sanalmaydi)
2) sarguzasht (sanaladi)
Work – 1) ish (sanalmaydi)
2) ilmiy ish (sanaladi)
Ish – 1) work (sanalmaydi)
2) job (sanaladi)
Sayohat – 1) travel (sanalmaydi)
2) voyage, cruise, trip, picnic (sanaladi)
Yuk – 1) baggage, luggage (sanalmaydi)
2) cargo (sanaladi)
Manzara – 1) scenery (sanalmaydi)
2) view (sanaladi)

2. Sanaladigan otlar – donalab sanash mumkin bo’lgan otlardir. Ularning birlik (singular) yoki ko’plik (plural) shakllari mavjud. Birlikdagi ot oldidan one, a, an, this, that, the kabi ko’rsatkichlaridan biri ishlatiladi





Download 354.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling