Kulyozma xukukida
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Download 321.4 Kb.
|
Adabiyotlar tahlili 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo’lajak o’qituvchilarning malaka talablari bilan nostandart pedagogik faoliyat xususiyatlarni partisipativ va diskursiv yondashuvlar asosida integrassiyalash orqali pedagogic-kasbiy faoliyatni amalga oshirishda ijodiy-kommunikativ qobilyatlarni tavsiflovchi intellektuallik, nostandart fikrlash, ijobiy “Men”-konsepsiyasi (I- Conception) va assertivlik kabi kasbiy sifat ko’rsatkichlari aniqlashtirilgan; pedagogik o’qitish jarayonini tarixiy-konseptual va mantiqiy-strategik tahlil qilish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik modelini ishlab chiqish orqali talabalarning ijodiy-kommunikativ qobilyatlarini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli-tashkiliy va baholovchi-tashxislovchi kabi funsional komponentlarining mazmuni takomillashtirilgan; talabalarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida nostandart mazmunli kognitiv muloqotni erkin tanlash va amalga oshirishga qaratilgan “freewriting”, “break pattern”, “framing and focusing” va “case study” kabi interfaol metodlarni ijodiylik va kasbiy yo’nalganlik tamoyillari asosida ishlab chiqish orqali talabalarda ijodiy-kommunikativ qobilyatlarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan; umummadaniy va umumkasbiy kompetensiyalarining uzviy shakllanganligini belgilovchi emosional, kognitiv va konativ kabi pedagogic-kasbiy kategoriyalarni kompleks tashxislash orqali bo’lajak o’qituvchilarda ijodiy-kommunikativ qobilyatlarning rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Shernazarov Iskandar Ergashovich. Axborot-Kommunikasiya va pedagogik texnologiyalar integrasiyasida organik kimyo fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish. Ped. fan. bo’y. falsa. dokt. ...Diss.Toshkent -2020 yil. -121 b Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: “Organik kimyo” fanini o’qitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash algortmini takomillashtirish asosida o’quv ma’lumotlarini virtual labaratoriyalar sharoitida ko’rgazmali-obrazli tarzda havola etishni texnologiyalashtirish metodi takomillashtirilgan; “Organik kimyo” fani o’quv jarayonlariga oid o’quv-metodik ta’minoti dasturiy vositalar (multimediali ilovalar, audio va video) hamda amaliy dasturlarning didaktik imkoniyatlari mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan; O’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlaydigan, faoliyatini, bilimini uzluksiz o’zi tomonidan nazorat qilib borilishiga imkon beradigan didaktik materiallar (kreativ fikrlashga oid misol va masalalar, testlar va krassvordlar) tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo’yiladigan talablar (anglash, tushinish, amaliyotga tatbiq etish) asosida ishlab chiqilgan; “Organik kimyo” fanini o’qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida o’quv metodik majmua (o’quvchi vaqtini tejaydigan, mashg’ulot samarasini oshiradigan) hamda organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog’lar soni (toppish formulalari, fazoviy ko’rinishlari)ni aniqlash metodikasi ishla b chiqilgan. Juraev Akmal Razzokovich. Dasturlashtirilgan ta’lim vositalari asosida bulajak ukituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped. fan. bo’y. falsa. dokt. ...Diss. Buxoro-2019 yil. -141 b. Ilmiy raxbar: S.^.Kaxxorov p.f.d., professor Download 321.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling