89-mashq.
Qo’yilgan muammo: so‘zlarida qo‘shimcha qo‘shilishi
bilan qaysi tovush qaysi tovushga almashganini haqida GAPIRING.
YOZING.
Hushyorligim, bulog‘i, tilakka, qo‘g‘irchoqqa, sinov, qaynoq, sovuq,
anglamoq, atamoq
Mashqni “Ha, Yo’q” metodi orqali bajarish tavsiya etiladi. O’qituv-
chi tovush o’zgarishiga uchragan bir nechta so’zlarni o’quvchilarga
havola etadi. Masalan,
1. Hushyorligim so’zida tovush almashganmi? Ҳа.
2. Bulog’i so’zida tovush ortganmi? Йўқ.
Yechim:
Hushyorligim-hushyorlik+im (Ishaxs birlikdagi egalik qo’shim-
chasi)
Bulog‘i- buloq+i (III shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi)
Tilakka-tilak+ -ga(-ka) ( jo’nalish kelishigi qo’shimchasi)
Qo‘g‘irchoqqa- qo’girchoq+ -ga(-qa) (jo’nalish kelishigi qo’shim-
chasi)
Sinov-sina+ -v (harakat nomi qo’shimchasi)
Qaynoq-qayna+q (sifat yasovchi qo’shimcha)
Sovuq-sovi+q (sifat yasovchi qo’shimcha)
Anglamoq ong+la ( fe’l yasovchi qo’shimcha)
Atamoq-ot+a ( fe’l yasovchi qo’shimcha)
90-mashq.
Qo’yilgan muammo: Mashqda berilgan so‘zlarini
O‘QING. Qanday o‘zgarish bo‘layotganiga e’tibor qarating. Mashq-
ni “Xatoni top” metodi orqali bajarish mumkin. Bu metodda
o’qituvchi ataylab xato qiladi. Avval o’quvchilar bu haqda oldindan
ogohlantirilgan bo’ladi.
Yechim:
uchta-uchta, pochta- po’shta, yigitcha- yigichcha, yozsin-
yossin, ketdi- ketti, o‘n besh-ombesh
Nazariyaga qo’shimcha:
Tovush almashishi hodisasi asosda ham, qo’shimchada ham yuz
berishi mumkin.
Asos qismida: o’qi+v=o’quv, qo’shimcha qismda: chiq+qach.
91-mashq.
Qo’yilgan muammo: Maktab hayotidan olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |