Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’l asosidan ifodalangan harakatning ro‘y berish yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari
Тayanch tushunchalar
qo‘shma fe’l, so‘zlarni qo‘shib fe’l yasash, yetakchi fe’l, ko‘makchi fe’l. 33.2. BO‘LISHLI VA BO‘LISHSIZLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: o‘quvchilarning o‘rta umumiy ta’limda fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik shakllari yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish. Fe’lning bo‘lishsizlik shakllaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. R e j a: * Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik shakllari haqida ma’lumot. * Fe’lning bo‘lishsizligini ifodalovchi vositalar. * Fe’lning bo‘lishsizlik shakllari o‘rtasidagi maz- muniy va uslubiy farqlanishlar. 1-topshiriq. O‘qi fe’lining bo‘lishsizlik shakllarini toping. Bu shakllarning bir-biridan farqini ayting. 2-topshiriq. -ma, yo‘q, emas shakllarini fe’lga qo‘shing. Ularning o‘zaro ma’no farqlanishini ayting. Bordi, bormadi, borgan emas, borgani yo‘q fe’l shakllariga e’tibor bersangaz, birinchi shakl bilan qolgan shakllar bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalashlariga ko‘ra bir-biridan farq qilayotganini ko‘rishingiz mumkin. Fe’l asosidan ifodalangan harakatning ro‘y berish yoki bermasligini bildirgan shakllarga bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari, shunday shakllar sistemasiga bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi deyiladi. Bo‘lishsizlik ma’nosi maxsus shakllarga ega. Bo‘lishlilik ma’nosi esa, aksincha, bunday shakllarga ega emas. Masalan, keldi — bo‘lishli; kelgan emas, kelgan (i) yo‘q — bo‘lishsiz. Bo‘lishsiz fe’llarning shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Bo‘lishsizlik ma’nosi emas yordamida ifodalanganda shaxs-son qo‘shimchasi undan so‘ng, yo‘q yordamida ifodalanganda esa oldin qo‘llaniladi. Qiyoslang: kelmadim kelmading keldim kelgan emasman kelding kelgan emassan kelganim yo‘q kelganing yo‘q kelmadi keldi kelgan emas kelgan (i) yo‘q Ayrim shevalarda shaxs-son qo‘shimchalari yo‘q dan so‘ng qo‘shiladi. Masalan, borganim yo‘q o‘rniga borgan yo‘qman, borganing yo‘q o‘rniga borgan yo‘qsan. Bo‘lishsizlikning yuqoridagi uchta shakli (-ma, emas, yo‘q) o‘rtasida ham ma’lum ma’no farqlanishi bor. Sifatdoshning -gan shakli uch xil bo‘lishsizlik shakliga ega: 1. Borganim yo‘q — fe’ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori («borish kerak edi, lekin bormadi») ma’nosini bildirmoqda. 2. Borgan emasman — umuman borilmaganlikni ifodalamoqda. 3. Bormaganman — qat’iy inkorni anglatmoqda. Kelib ketdi, yozib qo‘ydi singari yetakchi va ko‘makchi fe’l qoliрidagi fe’llarda bo‘lishsizlik qo‘shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko‘makchi qismga) yoki har ikki qismga qo‘shilib kelib, turli ma’nolarni ifodalaydi. 1. Fe’lning yetakchi qismi bo‘lishsiz shaklni oladi: O‘qib qo‘ydi O‘qimay qo‘ydi 2. Fe’lning ko‘makchi qismi bo‘lishsiz shaklni oladi: O‘qib qo‘ydi O‘qib qo‘ymadi 3. Fe’lning har ikki qismi bo‘lishsiz shaklga ega bo‘ladi: O‘qib qo‘ydi O‘qimay qo‘ymadi Birinchi holatda bo‘lishsiz shakl davomiy bo‘lishsizlik ma’nosini, ikkinchi holatda bir martalik harakat inkorini, uchinchi holatda esa tasdiq ma’nosini ifodalaydi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling