Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi. 149-mashq. Quyida berilgan frazeologizmlarning har biri ishtirokida alohida-alohida gap tuzing. Ularning gap mazmunini yuzaga chiqarishdagi o‘rnini belgilang. Hafsalasi pir bo‘lmoq, ko‘zi ochilmoq, qulog‘i tom bitmoq, o‘pkasini cho‘pga ilgan, oyog‘ini qo‘lga olmoq, boshi osmonga yetmoq, ko‘zi uchib turgani yo‘q. Quyida berilgan gaplardagi frazeologik birikmalarni topib, ma’nosini sharhlang. 1. Arava bo‘lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi. 2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang- chi... (S. Abdulla.) 3. Ishqilib baraka topsin, shu doktorlar boshing yostiqqa tekkanda joningga aro kirishadi. 4. Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi. 5. Qizlar har zamonda ishdan bosh ko‘tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahmad) 6. Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. (S. Azimov) 7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz. 8. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (Asqad Muxtor) 9. Hoji xola ko‘zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi. 10. ...Uning ko‘zlari qinidan chiqayozdi. (Oybek) 150-mashq. Matnni o‘qing, Sh. Rahmatullayevning o‘zbek lug‘atshunosligini boyitish yo‘lidagi xizmatlarini belgilang. SHAVKAТ UBAYDULLAYEVICH RAHMAТULLAYEV (1926) Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Rahmatullayev o‘zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan olimdir. Ayniqsa, o‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida uning xizmati katta. Shuningdek, o‘zbek tilining izohli, etimologik, imlo lug‘atlarini tuzishda barakali mehnat qilib kelmoqda. Ular orasida «O‘zbek tilining qisqacha frazeologik lug‘ati» (1964), «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (1978), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (1980), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (1984), «O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati» (2000) kabi asarlari alohida ajralib turadi. 151-mashq. Frazeologik iboralarning sinonimlarini toping, ular ishtirokida gap tuzing. 1. Boshi ko‘kka yetmoq. 2. Yer tagida ilon qimirlasa bilmoq. 3. Ichini mushuk tirnamoq. 4. Ko‘zini bo‘yamoq. 5. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq. 6. Тepa sochi tikka bo‘lmoq. 7. Тomdan tarasha tushganday. 8. Xamirdan qil sug‘urmoq. 9. Тarvuzi qo‘lidan tushmoq. 10. Ikki oyog‘ini tirab turmoq. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling