T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Tizimli yondashuv asoslari
Nazorat savollari:
1. «Statistik texnika xavfsizligi» ning asosiy qoidalari qanday? 2. Statistik noaniqlik holatida tanlov qanday to‘plamda amalga oshiriladi? 133 12. OPTIM ALLIK G ‘OYALARINING YUTUQ VA k a m c h i l i k l a r i 12.1. Optimal yondashuvning chegaralari Yuqorida ko‘rgan barcha masalalarimizda tanlov muammosi berilgan to ‘plamdan eng yaxshi, eng optimal muqobillik topishdan iborat edi. Optimallik g ‘oyasi kibernetikaning markaziy g ‘oyasi hisob- lanadi. Optimallik tushunchasi matematik nazariyalarda qat’iy va aniq tasavvur hosil qiladi, texnik tizimlami loyihalashtirish va ekspluatatsiyasida muhim rol o ‘ynaydi. Optimallik g ‘oyasining foydasini ko‘rganimiz holida tajribada u bilan juda ehtiyot bo‘lib munosabatda b o iish kerak. Bunday xulosa uchun asos bor. 1) Optimal yechim ko‘pincha «juda nozik» bo‘ladi va birinchi qarashda ko‘zga ko‘rinmas o ‘zgarishlar masala sharoitida katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli optimallash nazariyasida oxirgi paytda yechimlarga aniq turg‘unlik berishga katta e ’tibor berilmoqda. 2) Optimallash har doim masalada qatnashayotgan kriteriyalar qo'yilgan maqsadni ifodalaydi degan taxminga tayanadi. Ammo shunday bo‘lgan taqdirda ham, ko‘pincha qaralayotgan tizim qandaydir katta tizimning boMagi hisoblanadi va u holda lokal optimallash katta tizimning natijasiga mos kelishi shart emas. Bu tizimchaning kriteriyalarini tizim kriteriyalaridan uzib qo‘yish zaruratini tug'diradi. 3) Optimallik kriteriysini maksimallash ko‘pincha maqsad bilan haqiqiylashtiriladi, lekin bu haqiqatda turli narsalar. Kriteriy va maqsad bir-biriga tegishli model va original kabi (bu yerdan kelib chiqadigan xususiyatlari bilan birga). Ko'pgina maqsadlami sonli ifodalash qiyin va mumkin emas. Lekin zarur hollarda bu muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Masalan, yong‘in komandasining ish darajasi chaqiruv holida yetib kelish tezligi bilan baholanadi. 134 YUNESKO standartiga mos ravishda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi bolalar o‘limining ko'rsatkichiga qarab baholanadi. Bir qancha maishiy xizmat korxonalaming ish sifati aholidan tushgan buyurtmalar soniga qarab baholanadi. Ilmiy xodimning ish darajasi chiqargan maqolalarining hajmi va soniga bog‘liq. Umumiy qilib aytganimizda kriteriy maqsadni gohida yaxshi, gohida yomon, lekin har doim taxminiy yaqinlikda ifodalaydi. 4) Optimallik tushunchasida kriteriyalardan tashqari chegaralar ham muhim rol o ‘ynaydi. Ulam ing kichik o ‘zgaruvi ham yechimga ta’sir ko‘rsatadi. Yana turli effektga ega bo‘lishimiz mumkin bir chegarani olib tashlab, o‘m iga boshqasini qo‘shib. Bu yerda xavf shundaki, zarur bo‘lgan barcha chegaralami bermay, biz bir vaqtda kerak bo'Imagan, istalmagan effektlami olishimiz mumkin. N. Vinemi fikri shundayki, murakkab tizimlarga nisbatan biz avvaldan barcha shart va chegaralami aniqlashga qodir emasmiz (bizga kerak bo‘Imagan istalmagan natijalami yo‘qotishni kafolatlaydigan) va bu jam iyatni kibemetizatsiyalashni katastrofik natijalarga olib kelishi mumkin degan xulosani keltirib chiqaradi. Shunday qilib, tizimli tahlil nuqtayi nazaridan optimallashga munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin: bu kuchli effektivlikni oshirish quroli, lekin uni muammolarga qarab ehtiyotkorlik bilan qo‘llanish kerak. Quyida ehtiyotkorlik o4chovlari bo‘lishi mumkin. 1) Sezgirlikni tekshirish, turg‘un proseduralardan foydalanish: 2) Paretto to'plam ini ajratish va ulami siqish natijasida qo'shim cha m a’lumotlar hisobiga optimal altemativlami qarash. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling