Tahririyatga maktub


Yangi O’zbekistonda erkin va faravon yashaylik


Download 256.56 Kb.
bet23/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Yangi O’zbekistonda erkin va faravon yashaylik.
Bolalar boshini asta silaysiz,
Shirinlik ulashib ko’nglin siylaysiz,
Duoga qo’l ochib baxtlar tilaysiz,
O’zbegim ko’rkisiz, aziz keksalar.
Hayot - daraxtdan yaproq uzilib, yerga tushgunga qadar o’tgan vaqt misoli zumda nihoyalanadi. Ana shu soniyalar oralig’ida insonning qanday umr kechirgani atrofidagilarning umga nisbatan bildirgan fikrlari bilan belgilanadi. Zero, odam xulq-atvori, ezgu amallari yoki beparvolik bilan yashaganiga qarab o’zidan yaxshi va yomon nom qoldiradi. Allomalarimiz “Odamlar bor - bir umrga tirikdir” - deb bejiz aytishmagan. Yaxshi insonlarning ko’pligi ularning xayrli ishlari sharofati bilan yurtimiz nurafshon turmushimiz fayzlidir.
Kecha qayda edim, bugun qaydaman,
Bir ma’no topilmas aytgan so’zimdan,
Jaholat domiga botgan bandaman
O’zimni izlayman, faqat o’zimdan.
Sizga o’xshagim keladi.
Otam -fahrim, kasbim - taqdirim. Mustaqiligimizning 30 yilligi tantanalari davom etayotgan bugungi tinch va dorilomon kunlarga shukrona qilib yasharkanman, xayolimdan ana shunday fikrlar o’tdi. Darvoqe, kimgadir kerak bo’lish - ulkan baxt! Har birimizga ana shunday baxt nasib etsin. “Shirin hayotning - achchiq qismati” barcha uchun xulosa qilishi kerak bo’lgan yanglish umr yo’llari bitilgan. Bu shunday dardki, ma’lum bir joyim og’rimaydi, lekin butun o’y xayolim, qilgan xatolarim, vijdon qilichi bilan yuragimni tilkalaydi. Mavlono o’z ijodida quyidagi so’zlarni keltirgan. Bu dunyoga keldingmi bas, u seni ayab o’tirmaydi, mashaqqatlarga duchor qiladi. Boshinga tahqiri, haqoratlar yog’diradi. Ana shunga chiday olsang, marra seniki, bir nimaga erishasan. Chidamasang naryog’ini o’zingdan ko’r. Ha, dunyoni chidaganga chiqargan.
Yonimda aytmagin baxt degan so’zni,
Tanamda nogohon titroq boshlanar,
Tutib turolmayman, aslo o’zimni
Yuragim zo’riqib ko’zim yoshlanar.
Mehr - oqibat va hamjihatlik.
Mehr - yer yuzidagi jamiki tirik jonzotga berilgan eng bebaho ne’matlardan hisoblanadi. Allohu taolo o’zining mehr-muhabbatidan yer yuziga sochar ekan u jamiki insoniyatdan tashqari hayvonot olamiga ham mehrni ulashadi. Jonzotlar orasidagi mehr esa xuddi odamzot kabi ayniqsa o’z farzandlariga bo’lgan mehr juda kuchli hissiyot uyg’otadi. Ayniqsa onalarimizda o’z farzandlariga bo’lgan mehr oldida insoniyat ojizdir. Onalik baxtiga muyassar bo’lib farzandini jonidan aziz ko’rgan insonlar qancha-yu, bir qatra mehrni jigarlaridan qizg’onib arzimas pulga farzandini sotayotganlar qancha.
Chaqaloq ko’targan ayolni qanchalik hayotda baxtiyor ekanligini ko’rsangiz unga qarab bu hayot go’zalliklarini his qilasiz, ayollar oldida bosh egasiz. Shuning uchun ham xalqimizda “Ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa, ikkinchi qo’li bilan dunyoni tebratadi” degan so’zlar bejiz emas albatda.
Ayol borki, olam doim munavvar,
Ayol borki oila go’zal charog’on.
Ayol borki go’zal erur bu dunyo
Ayolni asrasin, asrasin Xudo.
Ushbu misralarda ham ayol bor ekan, insonlar orasida demak mehr-muruvvat bor. Mehr esa Alloh taoloning sifatlaridan biri. Bu mehrni esa arzimagan pullarga baholab onalik, ayollik iffatimizni sotmaylik. Bir qatra mehrge esa uning qiymatiga bu dunyo ham arzimaydi. Chunki mehr jamiki dunyodagi hayot barqarorligini, tinchligini ta’minlab turuvchi omildir.
Istiqlol sharofati bilan milliy urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz va ular zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash kabi ezgu qadriyatlar tiklanib, hayotimizda tobora mustahkam o’rin egallamoqda. Boshqa mamlakatlar singari bizning O’zbekistonimiz ham qisqa muddat ichida o’z mavqeiga ega bo’ldi, o’zligini angladi. Musurmon xalqlarining o’zaro mehr-oqibatli bo’lishiga insonlarni tiriklikda e’zozlab qadrlashga, o’tganlarni xotirlashga va Alloh bergan ne’matlarni e’zozlash va qadriga yetishga undaydi hamda har xil buzuq gunoh ishlarni qilishdan qaytaradi. Inson hayotida insonlarga yaxshilik qila olmas, mehr ulasholmas ekan, hech bo’lmasa yomonlik ham qilmasdan yashasa shuning o’zi katta yaxshilikdir deb o’ylayman. Insonparvarlik, vatanparvarlik, ezgulik va adolat, mehr-shavqat hattoki A.Navoiy ijodida ham ulug’lanadi, shoir bu tushunchalarni oliy qadriyatlar darajasiga ko’tardi.
Muruvvat barcha bermakdur emak yo’q,
Futuvvat barcha qilmoqdur demak yo’q.
Ikki dunyoing obod bo’lishini istasang qariya, nuroniy insonlarning roziligini ol. Qariyalarni ardoqlash esa bizlarga ajdodlardan meros. Zero, qariyalarni e’zozlagan yurt kelajagi porloq bo’ladi. Ularning duolari bilan yurtimiz tinch va barqaror bo’ladi. Keksa otaxon, onaxonlarimiz, insoniylikga, sabr-qanoat tuyg’ularini, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish odamlarni o’zaro yaxshilik qilishga chorlash, ehtiyojmand kishilarga har tomonlama, qo’llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash yoshi ulug’ insonlarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish bu faqatgina bizning millatimizga xosdir. Zero, hech birimizni mehr-muruvvat, odamiylik, hamjihatlik tark etmasin deyman. Qaysidir bir jurnalda quyidagi so’zlarni o’qigan edim: Turfa odamlar bor. Turnalar kelsa barcha quvonadi, ular ketganda esa barchani qayg’u bosadi. Qarg’alar kelganda esa hamma xomush tortadi, ular ketayotganda esa hamma quvonadi. Ba’zi insonlar qarg’a mijoz bo’ladi, ana shundaylardan bo’lib qolishdan asra, - degan so’zlarni esladim. Ezgu maqsadlar insonni yuksaltiradi. Hech bir harakat maqsadsiz amalga oshirilmaydi. Harakatga undovchi kuch esa ezgulik bo’lsa, uning sohibi asta-sekin yuksalib boraveradi. Muhtaram Prezidentimiz aytganidek: Insonlarning dardu-tashvishlarini o’ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir degan so’zlar har birimizga mehr-oqibatli bo’lishimizga chorlaydi.
Inson boshiga ne-ne kunlar tushmas ekan. Men ham bu jaholat botqog’iga kirib qoldim-u, biroq bu yo’ldan chiqishimda menga ma’rifatgina yordam berdi. Bu botqoq insonni qanchalik o’z domiga tortmasin inson shunchalik ozodlikni umid qilib yashar ekan. Men ham hamma singari ozodlik nashidasini tortib hayotdan zavqlanib yashayotgan bir paytimda o’z yo’limdan adashib bu yerlarga kelib qoldim. Jinoyatga jazo muqarrar deganlaridek mana o’z jazoyimni ham olib o’tiribman. Otam hozirgi kunda 96 yoshida. Men ularga qarab duolarini olib o’tirishim o’rniga bu hibsxonada o’z taqdirimni kutib o’tiribman. Hayotimni har bir o’tgan panjara ortidagi besamar kunlarimni sarhisob qilar ekanman, ozodlikni qadrini tushunyapman, otamga, oilamga bo’lgan sog’inch azobi esa kun sayin yuragimni teshmoqda. Ozodlikda yurgan kezlarim hayotimdagi eng baxtli kunlarim ekanligini o’ylasam yuragim orqaga tortadi. Haqiqatda ham o’sha paytlarim ozodlikni qadriga yetmagan ekanman. Farzandlarim mehridan judo bo’lib oilamdan yiroqdaman. Otajonim yillar davomida o’qituvchi bo’lib ishlab meni oq yuvib, oq tarab o’qitib katta qilgan. O’z mehrini berib mendan qanchalik orzularni, umidlarni kutgan. Men-chi men ular uchun nima qildim. Ularni menga bergan mehr muhabbatini qaytara oldimmi? Aziz insonlar otamiz-onamiz g’animat ekanligini hech o’ylab ko’rdikmi? Gohida bu savollarni o’zimga berar ekanman beixtiyor ularni eslayman. Telefonda gaplashishga ruxsat olib trubkaga qo’limni olib borar ekanman oyoqlarimdan boshlab qaltiroq boshlanadi. Otam yaxshimikan, tirikmikan deya ko’zlarimga yosh olib ukam bilan hol-ahvol so’rashamanda yuragim muzdek bo’lib go’yo bir narsadan qo’rqayotgan odamdek otajonimga trubkani ber deymanu ich-ichimdan ey xudo deyman. Ularni ovozini eshitgach esa uf tortib o’zimga kelaman. Qo’rqadiganim esa ukamning otam yo’q edilar degan so’zlarini eshitib qolmay deyman. Ollohimdan birgina tilagim esa men ozodlikga chiqqunga qadar qani edi otam tirik tursalar deyman.
Boshingizni egib tashvishga qo’ydim
Kechiring adashgan bu qizingizni
Otajon qalbimni o’rtaydi sog’inch,
Sog’insam qaylardan topayin sizni.
Dildagi dardlarim ayta olmadim,
Sizning dardkashingiz bo’la olmadim
Ketmang otajonim siz meni tashlab
Sog’insam qaylardan topayin sizni.
Nasihat qildingiz solmadim quloq
Bugun tavba qildim kech bo’ldi biroq
Har bir so’zingizga qizingiz mushtoq
Sog’insam qaylardan topayin sizni.
Xalqimizda oyning o’n beshi qorong’u, o’n beshi yorug’ degan naql bor. Ajab emas bu kunlar ham o’tib ketsa. Afsuski men ozodlikning qadrini qamalgach juda kech bildim, baxt va quvonchni yo’qotdim. O’zim ziyoli insonman, o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishini bitirib, keyin magistratura tugatganman, 25 yil o’qituvchi bo’lib ishlaganman. Meni umr chizig’imda shunday kunlar bor ekan. Demak bu yo’lni bosib o’tishdan boshqa ilojim ham yo’q. Otalar haqidagi qo’shiqlarni tinglab, yurak bag’rimni ezaman. Onam suratlariga qarab ichimdan yig’layman. Onajon nega meni mehringizdan ayirib tashlab ketdingiz. Sizni juda sog’inyapman. Qani edi kichkina qizaloqqa aylansam-u yana meni qo’limdan tutib maktabga olib borishingizni, kimdir qattiq gapirsa, yonimni olishingizni, garchi katta ayol bo’lsamda baxtli bo’l qizim yoningda men borman deyishingizni, tezroq uyimizga qaytishingizni xoxlayman otajon. Chunki bu dunyoda sizdan boshqa g’amxo’rim yo’q. Otajon men o’tgan kunlarimda quvonib yashadim, og’ir kunlarimda esa sabr qilishni o’rgandim.
Xato qildim. Jaholat domiga tushdim yiqildim. Hayotda menga kim do’st-u kim dushmanligini bildim. Sevdim ikkita farzandli, oilali bo’ldim, muhabbatni azobini tortdim. Xato qildim va bu xatoni takrorlamaslikga harakat qildim. Katta to’y-u tomoshalar qildim, elga dasturxon yoyib yaxshi mulozamatlar eshitdim, omadim ketib boyligim qo’ldan ketganda esa asl yuzli basharalarni ko’rdim. Faqat Allohdan umid qilib yashadim. Ohir oqibat baxt, boylik, mansab yaxshilik, yomonlik hamma narsa insonning o’ziga bog’liq ekanligini tushunib yetdim. Bu dunyo qaytar dunyo ekanligini tushundim. Bilib-bilmay yomonlik qilish behikmat qolmasligini angladim. Meni kechiringlar mehribonlarim, kechiring aziz otajonim.
Hurmatli “Vaqt-Время” gazetasi tahririyati xodimlari, barcha muxlislaringiz qatori men ham sevimli gazetamizning har bir sonini intizorlik bilan kutaman, va muntazam ravishda kuzatib o’qib boraman. Ayniqsa, gazetangizni “Tazarru”, “She’riyat bo’stoni”, “Xabarlar og’ushida”sahifalarini sevib mutolaa qilaman. Sevimli gazetangizni o’qish orqali o’zimga tegishli xulosalar chiqardim. Rang-barang sahifalarga boy gazetamiz orqali ozodlik atalmish aziz ne’matning qadrini anglab yetdim, undagi turli xil qismatlardan so’zlovchi hikoyalar, qalblarni qitiqlovchi she’rlar, pushaymonlik maktublari kishini o’ylantirmay qo’ymaydi. Men ham sevimli gazetamizda o’zimning ijodiy ishlarim bilan doimiy qatnashib boshladim. Kamtarona she’rlarimga e’tibor qaratib, gazeta sahifalarida chop etayotganlaringiz uchun, siz aziz tahririyat xodimlaridan minnatdorman. Gazeta sahifalarida sevimli she’rlarimni ko’rib zavq va shavqqa to’lib qayta-qayta o’qiyman, bu esa qalbimga bir olam quvonch, shodlik baxsh etadi. Bu esa menga yanada ilhom baxsh etadi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishimda menga ko’makdosh bo’lgan, menga ishonch bildirib ijod qilishimga qulay sharoitlar yaratib bergan hibsxonaning barcha xodimlariga, qolaversa, siz tahririyat xodimlariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Maktubim orqali sizlarga mustahkam sog’liq, ishlaringizga omad, xonadoningizga fayzu-barokat va oilangizga tinchlik tilayman. Nasib etsa ozodlikga chiqsam tinim bilmay ijod qilib insonlarga, jamiyatga ona Vatanimga nafi tegadigan chin ijodkor bo’lishga intilaman. Hamda ushbu hibsxona rahbariyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Farzandlarimning maktublarini o’qir ekanman, yuragim eziladi, ko’zlarimdan beixtiyor yosh to’kiladi, ularning har bir so’zida sog’inch, iztirob, qayg’u sezilib turadi, ularning mensiz qiynalishayotganini his qilganim sayin pushaymonligim ortadi.
Mehr-oqibat haqida so’z borar ekan shu yerda shoirimiz M.Yusufni quyidagi misralari esimga tushdi.
O’tar qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar ko’z yoshi somoni.
O’tar inson yaxshi yomoni
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachig’da chorlagan o’sha.
Iqboliga chorlagan o’sha.
Dunyoni tor aylagan o’sha.
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Insonda bu dunyodan nima qoladi albatda mejr-oqibat qolishini hammamiz ham bilamiz. Ikkita farzandlarimni ham ota, ham ona o’rnida katta qildim. Yemay-yedirib, kiymay-kiydirib oq sutiga mehrim qo’shib ichirdim. Katta bo’lgach oliy dargohlarda o’qitdim. O’zlari sevgan yorini dabdabali to’ylar qilib olib berdim, ikkita kelinimni kelin demasdan qiz o’rnida ko’rdim. O’qituvchi tengqurlaridan kam bo’lmasin dedim. Ikkita qiz nevarali bo’ldim, ko’zmunchoqdek qizlarim dunyoga keldi, shu emas-mi mehr-oqibat, shu emasmi onaning o’z farzandlariga bo’lgan mehr-oqibati. Ona mehridek bo’lgan ne’mat bu dunyoda bo’lmasa kerak azizlar.
O’tar qancha oylar va yillar
Panjara ortidagi besamar kunlar
Alamli ko’z yoshlar sog’inch azoblar
Ollohim jo’natgan bebaho ne’mat
Jamiki jonzotga mehr-oqibat.
Xulosa qilib aytganda, bu dunyoda hech bir inson mehr-muhabbatga zor bo’lmasin. Allohim har bir bandasini turli xil yo’llar bilan sinovdan o’tkazar ekan, unga qaysidir bir eshikni ochib beradi. Eng muhimi o’sha eshikni topib olish va o’z hayotini yaxshilashga intilsa, bu inson uchun eng oliy baxtdir. Shunday ekan aziz insonlar hech birimizni mehr-oqibat va hamjihatlik tark etmasin deyman.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling