Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-rasm. Gippodam muntazamligida qurilgan Qadimgi Yunoniston shaharlari
- 55-rasm davomi. Tuproqqala (er.av. I a. -IV a.). Umumiy korinishining rekonstrukciyasi va tarhi
53-rasm. Hindiston. “Mansara”
(XI-XII aa.) risolasida taklif etilgan aholi turar joylarning chizmalari. 100 shakllantirilganligi bilan ham ajralib turadi. Jumladan, Milet shaharida ikki, to‘rt va undan ko‘p uylardan tuzilgan kvartal bosh rejaviy modul rolini bajargan. Ko‘chalar, shahar maydonlari va yirik jamoat binolari ham shahar rejaviy tizimiga hamohang joylashtirilib, barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro uyg‘unligi ta’minlangan (54-rasm, a). Shuning uchun ham arxitektura va shaharsozlik tarixida barcha muntazam rejalar Gippodam nomi bilan bog‘langan va "Gippodam muntazamligi" deb atalgan. a б Shaharsozlikdagi muntazamlik va modul tizimi tamoyillari nafaqat Qadimgi Yunoniston hamda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga, balki O‘rta Osiyo shaharsozlik madaniyatiga ham xos xususiyatlardandir. Bu o‘lkada qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda qurilgan shaharlarning aksariyati aynan muntazam rejalar va uyg‘unlashtirish qonuniyatlari asosida shakllanganligi fikrimizning dalilidir. 54-rasm. Gippodam muntazamligida qurilgan Qadimgi Yunoniston shaharlari: a-Qadimgi Milet shahri va uning markaziy qismi; b-Pireya shahrining rejasi. 101 55-rasm. Qadimgi Xorazm. Muntazamlik va modul tizimida qurilgan shaharlar: Jonbos qal’asi (er.av. IV a.) va uning handasaviy tahlili: 1- otashgoh (olov uyi); 2-3-turarjoy guruhlari; 4-shahar darvozasi; 5-turar joy guruhlari. 55-rasm davomi. Tuproqqal'a (er.av. I a. -IV a.). Umumiy ko'rinishining rekonstrukciyasi va tarhi: 1-ark ansambli; 2-arkka hizmat ko'rsatish binolari; 3-shahar darvozasi; 4-otashgoh; 5-otashgoh oldidagi ustunli uy; 6-bozor maydoni; 7-mudofaa devorlari; 8-mudofaa handagi. 102 Masalan, Qadimgi Xorazmda eramizgacha IV asrda qurilgan Jonbosqal’a va eramizning I-IV asrlarida qurilgan Tuproqqal’a ana shunday shaharlar jumlasidandir. Bu shaharlarning qurilgan vaqti orasida ancha farq bo‘lsada, ularning shakllanishida muntazamlik, shahar tarkibiy qismlarini uyg‘unlashtirish va hatto Tuproqqal’ada ansambllar tuzishning ilk tamoyillari qo‘llanilganligini ham ko‘ramiz (55-rasm davomiga qarang). Shaharsozlik tarixi bilimdoni V.I.Lavrovning " Градостроительная культура Средней Азии" kitobini varaqlar ekanmiz, unda muntazam reja va maxsus muvofiqlashtirish tartiblari asosida qurilgan ko‘plab shaharlar, qal’alar, qo‘rg‘onlar va bog‘-saroylarning chizmalarini uchratamiz. Ularning ayrimlari yuqorida eslatilgan "Avesto" davriga xos "Vara" ko‘rinishidagi shaharlar bo‘lsa, aksari kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak rejada, shaharning ichki tuzilishi esa ufqlar bo‘ylab muayyan oriyentatsiyaga ega bo‘lgan bosh ko‘chalar uzra qurilgan katta va kichik "me’moriy ansambllar" atrofida shakllantirilgan turar-joy guruhlaridan tuzilgan. O‘sha davrlar shaharlarining xususiyati nafaqat ularning mustahkamligi va mudofaa tizimining kuchliligida, balki shahar rejasining, undagi binolar turi va joylashuvining muayyan ijtimoiy-siyosiy, diniy-madaniy va estetik ehtiyojlariga moslashtirilganligida hamdir. Ma’lumki, "otashparastlik" dini aksari sharq xalqlariga xos "Chor unsur" falsafasi bilan sug‘orilgan. Biz yuqorida ushbu falsafa va dinga e’tiqod qilgan sharq xalqlarining shaharsozlik va me’morchilik san’atida muntazamlik hamda kvadrat va aylana shakllarining yetakchi rol o‘ynashini ko‘rib o‘tdik. Kvadrat va aylananing astral, ya’ni koinot uyg‘unligi va yaxlitligi tushunchalari bilan ham bog‘liq ekanligini eslasak, sharq xalqlarining shaharsozlik va me’morchilik madaniyatida nima uchun "muntazamlik qonuni"ning ko‘p martalab qo‘llanganini va shunday muntazam takrorlanuvchi qismlarning modul tizimini shakllantirganini tushunishimiz oson bo‘ladi. Bunda albatta, Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarining madaniy va iqtisodiy aloqalarini o‘zaro bog‘lab turgan Buyuk Ipak yo‘lining transkommunikatsion rolini ham unutmasligimiz kerak bo‘ladi. 103 Shunday qilib, Sharq va G‘arb xalqlarining shaharsozlik madaniyati o‘tmishda bir-biri bilan bog‘liq tarzda va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib takomillashib borgan umumiy uyg‘unlashtirish qonuniyatlari asosida rivojlangan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi, chunki ijtimoiy-siyosiy boshqaruv tizimi, diniy va madaniy estetik dunyoqarashlari, tarixiy rivojlanishi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan mamlakatlarda me’morchilik va shaharsozlik madaniyatining umumiy tamoyillari ham bir-biriga yaqin bo‘lgan. Biroq, joylardagi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-falsafiy tizimlar, tabiiy-iqlim va mahalliy qurilish sharoitlari asosida shakllangan badiiy estetik dunyoqarashlar ushbu mamlakatlar va mintaqalarda o‘ziga xos arxitektura maktablari va shaharsozlik uslublarining vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling