2. Obyektiv dunyoni qonunlarini idrok etishning jarayoni;
3. Mehnatni ijtimoiy taqsimlanishining aniq turi;
4.Ijtimoiy rivojlanishning muhim omili hamda bilimlarni
ishlab chiqarish va
ulardan foydalanish jarayoni.
3-mazvu. Fan yangi bilim izlash jarayoni sifatida. Filologiya fan sifatida.
lingvistika va uning filologiyaga aloqadorligi. Nima uchun qayd etilgan mavzuga
murojaat etish lozim?
Bu savolni qo‘yilishi qiziqarli, axir filologik ta’limotning
asosiy mazmunini
tashkil qilgan barcha lingvistik va adabiyotshunoslik fanlari talabaning fakultetda
tahsil olishining butun davrida o ‘rganiladi. Ehtimol, biz bu fanlarga xuddi
“ichkaridan” qaragandek qaraymiz. Bunda biz javob
bera olmaydigan savollar bor,
ular qatoriga quyidagilar kiradi: nimaga bir biriga o ‘xshamagan lingvistika va
adabiyotshunoslik filologiyaga mansub? Lingvistika fan sifatida adabiyotshunoslikdan
nimasi bilan farqlanadi? Nimaga filologik bilim ilmiy hisoblanadi?
Nimaga filologiya
fakultetlarida filologiya deb nomlangan fan yo‘q? Bu savollarga javob olish juda ham
muhim, chunki biz bu javoblarsiz filologiya va mazkur sohadagi ilmiy tadqiqot nima,
u qanday bo‘lishi lozim, filologiyada idrok etish jarayonlarining
boshqa fanlardagi
idrok etish jarayonidan farqi nima, hamda filologik tadqiqotga o ‘ziga xoslik,
betakrorlikni berayotgan narsa nima degan savollarga javob bera olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: