5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar


Download 118.74 Kb.
bet1/15
Sana01.05.2023
Hajmi118.74 Kb.
#1420088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
YCgICf6bkZU2Y0d19Aur4wavbeH31xaZtX1XCaWL


5-mavzu: Nizoga moyil, deviant xulq-atvorga moyil bolalar bilan ishlash bo'yicha psixologlar uchun amaliy tavsiyalar

  1. O‘quvchi bilan ishlash shakli va usullarini malakali tanlash.

  2. O‘quvchi bilan tizimli ishlashni tashkil etish.

  3. « Qiyin o‘quvchi » bilan psixologik ish olib bo‘rish.

  4. Nizoli, deviant hulqqa moyil o‘quvchining ijtimoiylashuvi.

Tarbiyasi qiyin bolalar!? Hammaga ma’lum bо‘lgan va afsuski, allaqachon kо‘nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? О‘qituvchi uchun –sinfdoshlariga yomon ta’sir kо‘rsatuvchi norasmiy, bolalar bog‘chasi tarbiyachisi uchun esa- xarxas’hali, injiq, tinib-tinchimas bola. Ota-onalar uchunchi? Har qaysisi uchun u о‘zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunchasidagi “qiyin” bolaning mumkin bо‘lgan barcha variantlarini aytib о‘tish foydasiz, chunki har qanday bola ham tabiatan “qiyin” bо‘lishi mumkin.


Odatda hamma bolalar ham tug‘ilgan vaqtlaridayoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchiliklarni keltiradilar. Ammo ba’zilari uchun muammo bо‘lgan narsa boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u kо‘pgina sabablarga bog‘liq. Bolaga nisbatan ota-onalarning tutgan yо‘li, oiladagi qadriyatlar tizimi, oila a’zolari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning bor yoki yо‘qligi, shuningdek, boshqa kо‘pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bо‘ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi. Shubhasiz, bolalar bir-biriga о‘xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin kо‘pincha kattalar buni unutib qо‘yadilar, о‘zlaricha qanday umumiy tavsiyalardan yordam olishga moyil bо‘ladilar va bunda: “bola bajarish kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi sо‘zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avvval boshdanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar uning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga о‘rgatishlari, ularning his-tuyg‘ularini, hoxish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt о‘tishi bilan, payti kelganda uning о‘zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nimalar qilishga majburligini tushunib oladi. Buning uchun esa bolani qanday bо‘lsa, shundayligicha qabul qilish, uni shundayligicha tushunishga harakat qilish va uning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, о‘zaro munosabatlarning qо‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki aksincha oilada eng qadriyatli hisoblangan о‘zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganligini his etishga yordam beradigan usulini topish kerak.
Bolaga tug‘ilishidan oldin va hayotining birinchi haftalarida bо‘ladigan munosabat kо‘p jihatdan u bilan kelgusida qilinadigan munosabatlar xarakterini belgilab beradi.
Bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik xarakterida bо‘ladi va kо‘pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradi, ammo vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq, birinchi qiyinchiliklar о‘rniga boshqalari paydo bо‘ladi.
Onada ham, bolada ham bо‘ladigan qiyinchiliklar avval boshdanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab yetmaydilar. Faqat ayrimlarigina bolaning kechinmalarini obyektiv baholashga urinadilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekayotganini sezsalar, boshqalar hech qachon bu haqda о‘ylab ham kо‘rmaydilar. Buning sababini о‘ylab kо‘rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat yuzaga keladi: bola doimo “onaning psixologik holatiga moslashadi”, onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi his qilayotgan qiyinchiliklarni uqib ololmaydi. U faqat bolaning о‘ziga qо‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirayotganini tushunadi xolos. Shundan keyin bola haqiqiy qiyin, unga halaqit beruvchi, tashvish о‘yg‘otuvchi, majburiyat yuklovchi, havotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil bо‘ladi. Shu tariqa “qiyin” bolalar paydo bо‘ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bо‘lgan nuqsonlarni tо‘zata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qо‘ymasligini anglagan vaqtda emotsional aloqaning bо‘zilishi tufayli paydo bо‘ladi.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqan hatti-harakatlaridan farqli о‘laroq asotsial ahloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonormal о‘zaro munosabatlar, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni kо‘rsatadiki, assotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham, о‘ziga xos sifati ham tug‘ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoinki “tarbiyasi og‘ir” bolalar esa pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan о‘zgarishi esa pedagogik xatolar oqibatidir. Tarbiyasi “qiyin” о‘smirlar anomalligiga о‘qishda va xulqida namoyon bо‘ladi. “Qiyin bolalar”-jamiyatga zid yо‘nalishdagi beqaror axloqli, irodasi bо‘sh, pedagogik ta’sirga kо‘p uchramaydi. Ammo sinf, maktab hayotiga, uning axloqiy muhitiga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. “Qiyin” bolalar о‘smirlarning kam qismini tashkil etsa ham, ular о‘quv-tarbiyaviy ishlarda barqarorlikka jiddiy tо‘siq bо‘ladilar. Ular maktabda va undan tashqarida tartibsizlikni yuzaga keltiruvchilar hisoblanadi. Shuning uchun ham, “qiyin” bolalar maktabda ham, undan tashqarida ham о‘qituvchi va barcha jamoat e’tiborida turishi kerak.
“Tarbiyasi qiyin” bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu yondashuv birinchidan, bolaga e’tibor bilan, xayrixona munosabatni, ikkinchidan uning ijobiy fazilatlariga tayanishni va uchinchidan, uning axloqiy kuchlar, potensial imkoniyatlariga ishonishni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yо‘l qо‘yiladigan qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli juda oshdi. Eng yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan о‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi о‘quvchiga, о‘quvchilar jamoasiga, oilaga kо‘rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bо‘lmoqda.
Balog‘atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishini yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning say’i – harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

  • о‘quvchilar shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining va buning oqibati sifatida о‘smir tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yо‘qotishga;

  • butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki xil darajada rо‘y beradi;

a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni tо‘xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni yengib о‘tish;
b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, tо‘g‘rilik, yaxshilik, gо‘zallik, mas’uliyat, ong va xatti – harakat birligi yotadi.
«Tarbiyasi qiyin» о‘smirlarning kelib chiqishining ijtimoiy – pedagogik omillari
Umuman olganda, о‘qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi tizimi shaxsiy bilimlardan iborat bо‘lib, axloqiy, psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bо‘ladi.1
«Tarbiyasi qiyin» bolani qayta tarbiyalash uning xarakterini va psixikasini, uning olamga bо‘lgan munosabatini, binobarin о‘zining tarbiyalash uslubi va metodlarining notо‘g‘riligini anglash, ularni ayni zamonda о‘z-о‘zining о‘g‘li yoki qiziga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirish zarurligi bilan bog‘langan. Ana shu о‘zgartirish va qayta qurish ham о‘ziga, ham bolaga nisbatan aniq nuqtai nazarni talab etadi.
Ota – onalar va farzandlar о‘rtasida yuzaga keladigan nizolar ham tarbiyaviy ishni qiyinlashtiradi, о‘smirlarga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bunday nizo, kelishmovchiliklar о‘smirlarning axloqiga ta’sir etadi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni hisobga olmasa «Tarbiyasi qiyin»о‘smir bolalar kо‘payadi.
2. Yoshlar, о‘smirlarning bо‘sh vaqti mustaqil tashkil etilmasa «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar kо‘payadi.
3. Ota – onalar ichkilikka ruju qо‘ysa yoki or – nomusni yig‘ishtirib qо‘yib buzuqchilik qilsa, «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar kо‘payadi.
4. Ota – onalarning psixologik – pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida «Tarbiyasi qiyin» о‘smirlar kо‘payadi.
5. Insonning biologik, fiziologik, psixologik о‘sishining eng murakkab о‘zgarishlar, qayta qurishlar, umid, intilishlar davri va shu bilan birga og‘ir inqirozlar salbiy holatlar, kechinmalar davri hamdir.
О‘smir shaxs xarakteridagi “og‘ish”larning shakllanishi, ularning tiplarini aniqlash tibbiy – psixologik va tibbiy – pedagogik ishlarni faol olib borish zarurdir.
“Tarbiyasi qiyin” – deyilganda, shunday tarbiyaning natijalari tushuniladi.: о‘quvchilar pedagoglar uchun qiyinchilik tug‘diradi, unga nisbatan umumiy qabul qilingan pedagogik ta’sir etishning forma – shakl va metodlari kamlik qiladi yoki umuman samara bermaydi. Tarbiyasi qiyinlik har doim ham pedagogik jihatdan о‘z holiga tashlab qо‘yilganlikning oqibati bо‘lavermaydi. U bolaning, о‘smirning kasal bо‘lishi, ayrim tug‘ma yoki hatto nasliy omillar yoki boshqa sabablar ta’sirida ham yuz berishi mumkin. Biroq, juda kо‘p hollarda «Tarbiyasi qiyin» о‘quvchi pedagogik jihatdan о‘z holiga tashlab qо‘yilganlik natijasi bо‘lib qoladi.
Tarbiya – kо‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Bolani о‘rab olgan muhitning hammasi odamlar, narsalar, hodisalar ularning ongida, xulq – atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni о‘zgartiradi va о‘stiradi. Bolalarda, о‘smirlarda, yoshlarda ijobiy sifatlarni qaror toptirish uchun ular bilan muntazam tarbiyaviy ishlar olib borish lozim.
Savol tug‘iladi: “Jamiyatda «Tarbiyasi qiyin» о‘smir yoshlar qayerdan paydo bо‘layapti?”. Dunyoqarashi past, bilimi zaif, yosh о‘smir bо‘lsada, jinoyatga qо‘l urgan, giyohvandlikka moyil, ichkilikka va chekishga ruju qо‘ygan, о‘qishga qiziqmaydigan о‘smirlar kimning “aybi”? axir ular shunday bо‘lib tug‘ilishmaydi – ku. Maktab о‘qituvchilari yetarli bilim berishmayapti – mi? Turmush tashvishlari bilan о‘ralashib, oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsiz qarayotgan ota – onalar aybdormi yoki loqayd, beparvo, sovuqqon bolalarning, о‘smirlarning о‘zimi?
Avvalo, quyidagi holatlar о‘smirlarni tartibbuzarlikka jalb etadigan ijtimoiy – ruhiy omillar hisoblanadi.



Download 118.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling