Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Download 351.46 Kb.
bet1/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org


Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja



DINSHUNOSLIK FANIDAN MA`RUZALAR MATNI 

1- Mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) 

Reja: 
1. “Dinshunoslik” fanini o’qitilishning asosiy maqsad va vazifalari. Din va qonunning 
o’zaro munosabati.

2. Dinning jamiyatdagi o’rni va uning ijtimoiy vazifalari. Dinlar tasnifi.
3. Dinning paydo bo`lishi haqidagi fikrlar, diniy ong asoslarining shakllanishi. 
4. Urug`-qabila dinlari va ularning shakllari.

1.1.“Dinshunoslik” fanini o’qitilishning asosiy maqsad va vazifalari. Din va qonunning 

o’zaro munosabati. 
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida ziyolilar 
oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bir paytda din masalasini
chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish 
uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy
bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil 
qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial,
professional, ilmiy yondashuv darkordir. 
O‘zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan va jahon
hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, Farbda X1X asrning o‘rtalarida vujudga kelgan 
dinshunoslik fani ancha yo‘l bosib o‘tib, ko‘plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida
O‘zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni 
tarbiyalay boshladilar.

Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik» dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish
tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga 
kelishi va shakllanishini o‘rgatuvchi fan, ta’limot va o‘quv predmetidir. U dastlabki diniy
tasavvurlarning paydo bo‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo‘lgan davrda yuz 
bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy,
hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjvd va diniy 
tashkilotlarning talab va tartiblarini o‘rganish, taxlil qilishni ko‘zda tutadi.
Din muammolariga xos dastlabki g‘oyalar Markaziy Osiyoda -deizm, panteizm va 
boshkalar, bu o‘lkada yashagan, ijod qilgan ulug‘ allomalar Muhammad Muso Xorazmiy,
Axmad Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, 
Ibn Rushdning "Ikki haqiqat" ta’limotida olg‘a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh
Akbar, so‘ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari 
XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yo‘nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga
katta turtki bo‘lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. va V. Grimm, 
M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa maktablar paydo bo‘lgan. XX asrda
dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bukda shveysariyalik psixolog K.Yung va 
ayniqsa, fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning "kollektiv ong" haqidagi ta’limoti diqqatga
sazovordir. 
Ammo o‘sha davr dinshunosligi dinga o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan,
bu qarashlari diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib 
ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu urinishlarni "asoslash" da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan
foydalangan. Amalda esa ilohiyotga ko‘proq yondashgan. 
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib
kelgan: birinchidan, har kdnday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan



2
ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy 
tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik
haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, "Dinshunoslik» predmetini quyidagicha ta’riflash
mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bossichida paydo 


bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, 

ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy 

jihatdan o‘rganuvchi fandir.


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling