Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Surxondare viloyati 
  Surxondare viloyati   respublikaning janubida joylashgan.  U shimoli-sharkida 
Tojikiston  respublikasi,  shimoli-garbda  Kashkadare  viloyati garbda Turkmaniston 
respublikasi,  janubda Amudare  orkali  Afgoniston respublikasi  bilan chegaradosh.  Maydoni 

 
159
20,8ming km.  Kv bulib, respublika xududining 4,7%ini tashkil kiladi.  axolisi  1,3  mln kishi.  
iktisodiy rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, ertangi  sabzovot,  kumir,  neft,  gaz,  
tuz  uazib  chikarishga ixtisoslashgan. iktisodiy  rayonining  geografik  urni iktisodiy aloqalar 
kilish uchun kulay. İktisodiy rayon  xududi  uncha katta bulmasada,  lekin uning tabiiy resurslari 
uziga xos xususiyatga ega. U 3 tomondan toglar bilan uralgan. Shimolda Xisor, shimoli-garbda 
Boysun va Kuxitang, sharkda Bobotog massivlari bilan uralgan.  iklimi subtropik  bulib,  yillik 
xarorati 17Odan yukori.  Kishi ilik.  Termiz shaxrida Q30, Sherobodda Q3,60 ga teng. İyul 
oyining urtacha xarorati Termizda  Q310,  Sherobodda Q320 dan ortik.  Sovuqsiz kunlar 236-
247 kunga teng.  İjobiy xaroratlar yigindisi 480-5900 ga teng. İktisodiy  rayonda 
 
eg’ingg’archilik  kam  tushadi.  Tekislik  kismida 150mm,  togli rayonlarda 600 mm egin 
tushadi.  Tekislikda  obikor dehkonchilik adirlarda lalmikor dehkonchilik, toglarda chorvachilik 
uchun kulay.  Kazilma boyliklari xilma-xil. Amudare, Uchkizil, Kukayti  lalmikor neft kazib 
olinadi.  Neftga gaz,oltingugurt va meniral suvlari yuldosh bulib chikadi. Yirik kumir konlari 
Boysun va  sharg’un  kumir konlari xisoblanadi.  Xujaikonda tosh tuzi balandligi 170 m ga etadi. 
qurilish materiallariga boy. axoli zichligi 1 km kv 64 kishi tugri keladi. Surxon-Sherobod 
vodiysida 1km kv ga 50-100 kishi tugri keladi. Urbanizatsiya darajasi ancha past. axolining 1/5 
kismi shaxarlarda yashaydi. Respublika mehnat taqsimoti Surxondare iktisodiy rayoni uzining 
intensiv kishlok  xujaligi bilan ajralib turadi. İktisodiy rayon qissasiga respublika kishlok 
xujaligida foydalaniladigan erlarning 4,5 %i, haydalaniladigan erlarining 7%i.  Yaylov va 
utloqlarining 3,9%i tugri keladi.  İktisodiy rayon respublika paxtasining 10%i, shu jumladan 
ingichka  tolalt  paxtaning  75%ga yaqini pillachilik 3%ni beradi. Echkilarning 10,5%,  
koramollarning 8,9%  shu  iktisodiy  rayonga tugri   keladi.   İktisodiy  rayon  subtropik  mevalar  
-anjir, anor,pista, uzum va tsitrus mevalari-shakarkamish va xurma etishtiradi.  Surxondare  
iktisodiy rayoning kishlok xujalitgida etakchi tarmoki paxtachilikdir. İnkilobdan keyingi 
yillardaekin ekiladi gan  erlar  maydoni  3  marotaba ortdi.  Sug’orishga yarokli erlar 272ming 
gektar er bulib,  uning 23O ming gektari sug’orilmokda. Sherobod  massivida  suv  taminotida 
bir qancha kanallar mavjud. 
Qumkurkon,  Katta Xisor,  Sherobod,  Amu-zanj mashina  kanallari, Uchuizil, Janubiy 
Surxon aktlari ishga tushirildi. Surxondare respublikaning ingichka tolali paxta etishtiradigan 
asosiy  viloyatidir.  Gagarin,  Jarkurkon,  Angor, qumkurkon, Termiz va Sherobod rayonlari 
ingichkai tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan.  İktisodiy rayon subtropik mevalar bilan 
mashqurdir.  Unda anorning 90 dan ortik navi bor,  bular ichida dashtnavvot navi sershiradir. 
Respublikada  etishtiriladigan xurmoning kupini Surxondare iktisodiy rayoni beradi.  Denov 
agrosanoat birlashmasi xurmo  limon, anor  etishtirishga ixtisosashgan.  Surxondareda yil buyi 
sabzavot etishtirish mumkin.  Bu erda ertangi,  kechki karam ekiladi.  Adir mintakasida tog olodi 
erlarida lalmikor bugdoy,  arpa dare buylarida sholi,  sugoriladigan erlarda bugdoy, arpa va 
makkajuxori etishtiriladi. İktisodiy rayonda chorvachilik muxim axamiyatga ega. Chullarda 
korakul kuylar,  adir-tog etaklarida mashxur Xisor kuylari bokiladi. Obikor erlarda va ser ut adir 
tog yaylovlarida koramollar bokiladi. Surxondare xududiy ishlab chikarish majmuining muqim 
tarmoki sanoatdir. Sanoat, avvalo paxtachilik, meniral resurslar va kishlok xujalik xom ashesiga 
boglik xolda rivojlanmokda.  İktisodiy rayonda og’ir sanoat tarmoklaridan ekilgi sanoati muxim 
rol uynaydi.Shargun konida yiliga 200 ming t yukori kalloriyali  kumir kazib olinmokda.  Bu 
respublikada kazib olinadigan kumirning 7%ini tashkil kiladi.  Amudare,  Uchkizil,  Kukayti va 
Lalmikor konlaridan neft olinmokda.  Lalmikor gaz koni Jarkurkon.  Kumkurkon shaxarlariga 
gaz etkazib bermokda. İktisodiy rayonda  yiliga  3,5  mln kvt soat elektr kuvvati xosil 
kilinadi.Bir necha issiklik va suv elektr stantsiyalari kurilgan,  ularning eng kattasi Termiz 
issiklik elektr stantsiyasidir.  İktisodiy rayon extieji uchun zarur asosiy kuvvat Urta Osie 
energetika tizi midan, yani kushni Tojikiston respublikasidan oladi. Denov mashina tuzatish 
zavodi kishlok xujalik  mashinalari  va  traktorlarini remont kilishga bulgan extiejini tula kondira 
olmaydi.  Termizda teplovoz vagon tuzatish ustaxonasi bor.  İktisodiy rayonda temir beton 
kismlar,  keramzit, gisht, gips, oxak va boshkalar ishlab chikarilmokda.  İktisodiy rayon 
sanoatining etakchi tarmoki paxtani va  boshka  kishlok xujalik xom ashesini kayta ishlaydigan 

 
160
engil va ozik - ovkat sanoatidan iborat. Paxta tozalash zavodlari Termiz, Denov,  Sherobod,  
Uzun, Shurchi, Jarkurkon, ....... va boshka erlarda joylashgan.  Boysunda shoyi tuqish  fabrikasi  
bor.  Shurchida pillakashlik fabrkasi kurilgan.  Denov yirik yog’ ekstraktsiya zavodi,  Termizda 
gusht kombinati kurilgan.  Denovda  sharob  zavodi,Shurchida  elevator un kombinati bor.  Yuk 
oboroti jixatidan temir yul etakchi urinda turadi.  Viloyatda dastlab 1915 yilda Amudaredan 
Termizgacha  kurildi.  U  1926 yil 193O yillarda Dushanbegacha etkazildi. 1974 yilda Termiz 
temir yuli orkali Kurgontepa bilan boglandi. Boldirdan Xujaikon tuz konigacha temir yul koni 
kuril-di. Shurchidan Bandixon glmoya koniga, Boysun kumir koniga temir yulTermizni 
Toshkent va Dushanbe bilan boglaydi.  İktisodiy rayonida kuvur transporti rivojlana boshladi. 
Turkmaniston respublikasi janubida Dushanbe shaxrigacha kurilgan magistral gaz kuvuri. Uning 
bir kancha shaxar va kishloklariga gaz  etkazib  bermokda.  Termiz-Surxondare viloyatining 
markazi, respublika janubida joylashgan shaxar.  86,7 ming  axoli  yashaydi. Unda  issiklik  
elektr  stantsiyasi,  paxta tozalash,  temir beton konstruktsiya zavodlari,  sut,  gusht va non  
kombinatlari,  gilam fabrikasi  mavjud.  Denov(48,2ming)  -iktisodiy rayonda ikkinchi muxim 
sanoat tuguni.  Unda paxtachilik va subtropik  mevachilikka asoslangan    agrosanoat   
birlashmasi,   sharob-peva,motor-tuzatish, gisht, paxta,tozalash,eg-moy zavodlari, sut,non va 
boshka ishlab chikaradigan korxonalar ishlab turibdi. 
 
15-sonli maruza  
MAVZUSİ: QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI  
   Guruh 3b-kurs geografiya  
O’qitish vaqti: 2 soat                                                               Talabalar soni:   14 
O’qitish darsining strukturasi  
Maruza, savol-javob, diskussiya 
Maruzaning rejasi: 
1. Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni geografik jaylashgan 
o’rni va tabiiy sharoiti, tabiiy resurslariga tarif 
2. Rayon aholisi va mehnat resurslari 
3. Xalq xo’jalik tarmoqlari  
    a) Sanoati 
    v) Qishloq hojaligi 
    s) Transport tarmoqlari 
4. İqtisodiy rayon tarkibiga tarif 
O’quv darsining maqsadi:  İqtisodiy rayonning geografik joylashgan o’rni, tabiiy resurslari, 
xo’jalik tarmoqlari, transport iva aholisini iqtisodiy-geografik o’rganish. 
Pedagogik masalalari: 
1.  İqtisodiy rayon geografik 
o’rni, Respublikada tutgan 
mavqei, maydoni, chegaralari, 
tabiiy sharoiti va tabiiy 
resurslarini o’rganish. 
2. Aholisi va mehnat resurslarini 
taxlil qilish. 
3. Xo’jaligi, joylashish va 
rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlash 
4. İchki rayonlari va yirik 
shaharlariga tarif berish 
5. Rayondagi xozirgi kundagi 
ekologik inqiroz xolatini 
baholash 
O’qitish xarakatining natijasi: 
 1.1.  İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan 
mavqei, maydoni, chegaralari aniqllaydi 
1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini taxlil qiladi. 
2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilib, diagrammalar 
tuzishadi 
3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlashadi 
4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif beradi. 
5.  İqtisodiy rayonda turizimni rivojlantirish masalalrini 
o’rganish 
O’qitish uslublari 
Maruza, vizual, tushintirish, suxbatlashish, diskussiya, 
slaydlar 

 
161
O’qitish ishini tashkillashtirish 
shakllari 
 Frontal, guruxlarga ajratish 
O’qitish qurollari 
Tarqatma materiallar, iqtisodiy va tabiiy xarita, plakat, qalam
O’qitish sharoitlari 
Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar 
Monitoring va baxolash 
Tezda sorash, testlar   
O’quv darsining texnologik  xaritasi                      
İshning mazmuni 
Bosqichlar, 
Ajiratilgan 
vaqt 
O’qituvchi Talaba 
I bosqich. 
O’qitish 
jarayoniga 
kirish 
(10 min) 
1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga qarab 
o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat 
tartibini aytib o’tadi. 
1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, mustaqil 
ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi  
Tinglaydi, yozadi 
 
 
 
Aniqlashtiradi, savollar 
beradi. 
 
II bosqich 
Asosiy bo’lim 
(60 min) 
 
2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan 
natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va 
xususiyatlari bilan tanishtiradi.  
2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali 
bilmlarini faollashtiradi (ilova)  
2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash 
kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (ilova). 
Javob beradi, 
Yozadi 
 
 
Guruxlarda ishlashadi 
III bosqich 
Yakuniy 
qism 
(10 min ) 
 
3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning 
diqqatini Asosiy masalalarga jamlaydi, professional 
xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib 
beradi.  
3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga 
erishish darajasin taxlil qiladi. 
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning 
baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan 
tanishtiradi. 
o’zini-o’zi, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
 
 
savollar beradi, 
 
topshiriqlarini yozadi 
 
1-ilova 
Mavzu: Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni 
Reja:  
1.  Quyi Amudariyo iqtisodiy rayoni geografik jaylashgan o’rni va tabiiy sharoiti, tabiiy 
resurslariga tarif 
2.  Rayon aholisi va mehnat resurslari 
3.  Xalq xo’jalik tarmoqlari  
a) Sanoati 
b) Qishloq hojaligi 
v) Transport tarmoqlari 
     4. İqtisodiy rayon tarkibiga tarif 
 
 
2-ilova 
Quyi Amudaryo mintaqasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati 
kiradi. Uning maydoni 172,6 ming km
2
 bo’lib, bu borada respublikamizdagi eng katta 

 
162
mintaqadir. Aholisi 01.01.2009 malumotlariga ko’ra, 3146,5 ming kishi, zichlik 1km

ga 18,2 
kishiga teng. 
Mintaqa o’z nomiga mos ravishda Amudaryoning Quyi qismida, Orol dengizining janubiy 
qismida joylashgan. Mazkur o’lka O’zbekistonning shimoli-g’arbida Qoraqum va Qizilqum 
cho’llari oralig’ida joylashgan. O’lkaning er yuzasi yassi tekisliklardan iborat. 
Quyi Amudaryo O’zbekistonning shimoli-g’arbida joylashganligi sababli qishi 
sovuq, yozi esa issiq va quruq bo’ladi. 
 
 
3-ilova 
Mintaqa Qoraqalpog’iston Respubli-kasi hamda Xorazm viloyatidan tarkib topadi. Maydoni 
bo’yicha O’zbekiston hududida ajratilgan 6 ta asosiy iqtisodiy rayonning (Soliev, 1998) eng 
yirigi hisoblanadi. Uning maydoni 172,6 ming kv. km. yoki respublika hududining 38,4 foizini 
ishg’ol qiladi. Ammo mintaqaning deografik sig’imi uncha katta emas – bu erda 3060,5 ming 
kishi yashaydi (jami mamlakat aholisining atigi 11,5 foizi, 2007 yil). 
4-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5-ilova  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hozirgi kunda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni katta ishlab chiqarish 
salohiyatiga ega  emas: uning h’issasiga O’zbekistonda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulotning 6,3 foizi, sanoat mahsulotining 9,9 foizi to’g’ri keladi 
(taqqoslash uchun: rayonning mamlakat aholisidagi hissasi 11,5 foizga teng).  
İqtisodiy rayon, umuman olganda, malum darajada o’zining mineral 
xom – ashyo va mehnat salohiyatiga ega. Biroq, bu imkoniyatlar ichki 
jihatdan uning turli qismlarida bir xil emas. Eng avvalo mintaqaning ikki, bir 
– biridan katta farqlanuvchi hududlaridan iborat ekanligini takidlash joiz.
 
Mintaqaning geografik jihatdan uzoqdaligi va, binobarin, transport 
harajatlarining ko’pligi uning: 
 
İqtisodiy va ijtimoiy sohalarning mumkin qadar kompleks tashkil 
etilishini, uzoqda joylashganlik esa ma’lum manoda iqtisodiy jihatdan 
mustaqil rivojlanishini;
 
 
Respublika mehnat taqsimoti doirasida bozorga mo’ljallangan 
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini;
  
 
Mamlakatimiz uchun muhim, noyob va strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan tarmoqlarning rivojlanishini taqozo etadi.

 
163
6-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-sonli amaliy ish  
 
 
8-ilova 
 
Adabiyotlar 
1.  Karimov İ.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafvsizlikka tahdid, barqarorlik  shartini 
va taraqqiyot kafolatlari. –T., 1997. 
2.  Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov İ. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy 
jo’g’rofiyasi. T., “O’qituvchi”, 1994. 
3.  Ahmedov E.-O’zbekiston Respublikasi (o’zbek, ingliz tillarida), T., “O’zbekiston”, 1998. 
4.  Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent 2003. 
5.  A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) 
Buxoro 2008 
6.  Soliev A., Qurbonov Sh.  «Quyi amudaryo mintaqasining iqtisodiy geografik muammolari» 
ilmiy maqolasi  
Qoraqalpog’iston Respublikasi tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda 
agroiqlimiy resurslari asosan tog’ – kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, 
chorvachilik va polizchilik uchun qulayroq. Xorazm viloyati esa halqaro 
turizm, yengil va oziq-ovqat sanoati, paxta va sholi etishtirish uchun qulay 
imkoniyatlarga ega.  
Qoraqalpog’iston Xorazm viloyatidan ozining qazilma boyliklari, xususan 
tog’ – kon, kimyo xom ashyosi hamda kelajakda aniqlanishi kutilayotgan neft 
– gaz konlariga boy va bu imkoniyatlar uning iqtisodiy rivojlanishining 
muhim omili bo’lib xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Qurilishi tugatilgan 
Qo’ng’irot soda zavodi, Ustyurt platosida olib borilayotgan geologik qidiruv 
ishlar, Chimboy – Taxtako’pir hududidagi turli xil tuz konlaridan foydalanish, 
transport va ijtimoiy infratuzilma tizimini yaratish bu borada katta ahamiyatga 
ega bo’ladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi mamuriy jihatdan 14 ta qishloq 
tumanlaridan iborat. 
Xorazm viloyatida “iqtisodiy zichlik” ham ancha yuqori. Masalan, uning 
hissasi respublika umumiy maydonining 1,3 foizga teng bo’lgan holda, 
mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3,6, shu jumladan qishloq xojalik 
mahsulotining 6,5 foizi shu h’ududda yaratiladi. Aytish mumkinki, bu erda 
intensiv darajada rivojlanayotgan agroiqtisodiyot majmuasi mavjud. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda 1600 dan ortiq arxitektura va 2586 ta 
arxeologik yodgorliklar ro’yxatga olingan. Ularning ko’pchilik qismi Quyi 
Amudaryo mintaqasida joylashgan. Masalan, “Ochiq osmon ostidagi muzey 
– shahar” nomi bilan mashhur Xiva shahri, Xorazmning qadimiy poytaxtlari: 
Qiyot, Qo’yqirilgan-qala, Katqala, Tuproqqala, Sulton Uvays-bobo 
ziyoratgohi, Yusuf Hamadoniy ziyoratgohlari borki, ular har qanday 
sayyohni qiziqtirmasdan qo’ymaydi.  

 
164
Savollar 
 
1.  İqtisodiy rayon geografik joylashgan o’rniga iqtisodiy-geografik tarif bering 
2.  İqtisodiy rayon tabiiy resurslari bilan taminlanish darajasi va ulardan foydalanish buyicha 
gapirib bering 
3.  Rayon aholisining o’sishi, milliy va jinsiy tarkibiga tarif bering 
4.  Mehnat resurslaridan foydalanish darajasi xaqida gapirib bering 
5.  Xo’jalik tarmoqlarining joylashishi va rivojlanish xususiyatlari bo’yicha nimalarni bilasiz 
6.  Transport tarmoqlari bilan taminlanish darajasi 
7.  İqtisodiy rayondagi xozirgi kundagi ekologik vaziyatga sizning qarashingiz? 
Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. 
 
Reja: 
1. İktisodiy rayonning geografik urni. 
2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 
3. Xalk xujalik tarmoklari 
4. Shaxarlari. 
a) sanoati. 
b) kishlok xujaligi. 
v) transporti. 
Sanoat markazlari va shaxarlari. 
O’zbekistonning Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni wz tarkibiga Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hamda Xorazm viloyatini oladi. Ushbu tarkibda uning maydoni 172,7 ming km.
2
 
yoki respublika hududining 38,4 foiz tashkil etadi. U bu jihatdan O’zbekiston Respublikasining 
eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi.  
Rayon aholisi, 20009 yil malumotiga ko’ra, 3129.9 ming kishi bo’lib, bu mamlakat 
aholisining 11,6foiz teng. Aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km
2
 maydonga 17 kishi, 
umumiy urbanizatsiya darajasi  36,9 foiz.  
Asosiy rayon hosil qiluvchi omil bo’lib, uning iqtisodiy geografik o’rni xizmat qiladi. 
Rayon, wz nomiga mos holda, Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismi va 
O’zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbiy chekkasida, yaqin va «uzoq» xorij mamlakatlarga 
chiqish joyida wrnashgan. Quyi Amudaryo rayonining bunday iqtisodiy geografik va geosiyosiy 
mavqei uning ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi, ichki investitsiya makonini yaratish hamda 
mamlakat iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimida integratsiya (aloqa) qilishiga imkon beradi.  
İkkinchi rayon hosil qiluvchi omil uning gidrografik birligidir. Ushbu hududning tarixi, 
hozirgi holati va istiqboli ko’p jihatdan Amudaryoga bog’liq Qadimda bu wlkada sug’orma 
dehqonchilik madaniyatining rivoj topganligi va u bilan bog’liq fan, savdo kabi sohalarning 
yuqori darajada taraqqiy etganligi sir emas. Mintaqa iqtisodiyotining hozirgi holati ham aynan 
ana shu rayon «umurtqasi» -Amudaryoga asoslanadi. Zero, qishloq xo’jaligining intensiv 
rivojlanishi, qayta ishlash sanoati eng avvalo mazkur gidrografik omil negizida vujudga kelgan. 
Ayni vaqtda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning kelajagi, taqdiri ham asosan suv, xususan Orol 
dengizi muammosi bilan bog’liq Chunki bu rayon dengizning chekinayotgan, antropogen 
chwllashuv jarayoni avj olayotgan qismida joylashgan. 
Mamlakat mehnat taqsimotida rayon paxta, sholi, jun, wsimlik yog’i, gilam kabi 
mahsulotlarni etishtirishda muhim o’ringa ega. Binobarin, bu erda ixtisoslashgan, yani rayon 
hosil qiluvchi xo’jalik tarmog’i sifatida paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziq-ovqat, 
engil sanoatning ayrim tarmoqlari xizmat qiladi. Swnggi yillarda mintaqada tog’-kon kimyosi, 

 
165
qurilish materiallari va twqimachilik sanoati rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga rayon xalqaro 
turizmni rivojlantirish imkoniyati ham mavjud.  
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni ichki jihatdan O’zbekistonning ikki, bir-biriga uncha 
wxshash bwlmagan  mamuriy hududiy birliklardan iborat. Masalan. Qoraqalpog’iston 
Respublikasi wzining maydoni bwyicha qwshni Xorazmdan 26,2 marta katta. Ayni vaqtda 
ularning aholi soni miqdorida bunday tufovut yo’q  
Ushbu hududlar wzlarining tabiiy sharoiti va qazilma boyliklari bilan ham tubdan farq 
qiladi. Agar Xorazm viloyatida qazilma boyliklar deyarli mavjud bwlmasa, Qoraqalpog’iston bu 
borada ancha ajralib turadi. Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm 
viloyatining demografik, tabiiy geografik va resurs salohiyatining bir xil emasligi ularda 
iqtisodiyotning wziga xos ywnalishlarini shakllanishiga olib keladi. Ayni vaqtda xuddi shu 
nowxshashlik ushbu hududning iqtisodiy integratsiyasini, o’zaro hamkorlikda, yagona iqtisodiy 
makonda rivojlanishini taqozo etadi.  
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O’zbekiston Respublikasi aholisining 1/10 qismidan 
ko’prog’ini tashkil qilgan holda uning 5.8  foiz yalpi ichki mahsuloti, 2.6 foiz sanoat hamda 9.1. 
foiz qishloq xo’jaligi mahsulotini beradi. Rayon tarkibida esa Xorazm viloyatining iqtisodiy 
ko’rsatkichlari nisbatan yuqoriroq Chunonchi, uning hissasiga mintaqa sanoat va qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarish hajmining 60-70 foiz to’g’ri keladi, vaholanki viloyatning hududiy va 
demografik salohiyati Qoraqalpog’istonga ko’ra ancha kamroq Ayni vaqtda Qoraqalpog’istonda 
umumiy ekin maydoni, investitsiya hajmi va tashqi savdo oboroti birmuncha ko’proq İqtisodiy 
rayonning shunga wxshash ichki xususiyatlari uni tashkil etuvchi mamuriy birliklarning tahlilida 
yanada yaqqol namoyon bwladi. 
 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
 
Qoraqalpog’iston Respublikasi (QR) O’zbekiston Respublikasi tarkibida suveren davlat 
sifatida  9 yanvar 1992 yilda  elon qilingan. Poytaxti-Nukus shahri.  
Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumanlari, 10 ta shahar va 15 ta 
shaharcha kiradi. Uning maydoni 166,6 ming km
2
. Aholisi, 1.01.2009 y. malumotiga ko’ra, 
1612.3 ming kishi. 
Qoraqalpog’iston mintaqa va O’zbekiston Respublikasi ichidagi mehnat taqsimotida 
asosan dehqonchilik, xususan sholi etishtirish, jun-gwsht chorvachiligi hamda qisman oziq-ovqat 
va engil sanoatning bazi tarmoqlari bilan ajralib turadi.  
Geografik o’rni va tabiiy boyliklari. QR O’zbekistonning chekka shimoli-g’arbida, Orol 
dengizi bwyida joylashgan. Uning O’zR markaziy rayonlaridan ancha olisda wrnashganligi 
mintaqa iqtisodiy rivojlanish ywnalishiga wz tasirini kwrsatadi. Shu bilan birga QR ning 
geosiyosiy mavqei, yani Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan qwshnichiligi, 
O’zbekistonning Evropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay 
imkoniyatlar yaratib beradi.  
Qoraqalpog’iston er usti tuzilishi murakkab emas: eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi 
bo’lib, u dengiz sathidan 473 m. balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka chwkmalari esa 
ancha past –30 m. atrofida. QRning /arbiy qismi Ustyurt platosi, qolgan hududi esa Turon 
pasttekisligi bilan band. 
Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o’rinda eng avvalo Sultonuvays 
(Sultonuiztog’) tizmasini kwrsatish joiz. Maydoni uncha katta bwlmagan mazkur hududda rangli 
va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko’p. Ular jumlasiga marmar, ohaktosh, gips, 
mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, qimmatbaho toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va 
boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zahirasi texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab 
chiqirishini tashkil qilish uchun hali mukammal wrganilmagan. Bazilari esa, masalan, 
Tebinbuloq temir rudasi koni aniqlangan zahiralar kamligi va uning sifat ko’rsatkichlarini yuqori 
emasligi  sababli (rudadagi temirning ulushi 20foiz ga ham etmaydi) hozircha sanoat 
ahamiyatiga ega emas.  

 
166
QR tog’-kon kimyosi zahiralariga ham boy;  Chimboy yaqinidagi Qwshqonottov  va 
Qwng’irot atrofidagi Borsa-Kelmas hamda Qorawmbet kabi konlarda  sulfat-magneziy, tosh va 
osh tuzlarining juda katta zahiralari mavjud.  
Qoraqalpog’istonning Ustyurt qismini tabiiy gaz va ayniqsa neft konlariga boy ekanligi 
bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda Oqsholoq, Shohpaxti, Quvonish konlarida tabiiy gaz qazib 
olinadi. Kelajakda esa  ushbu yoqilg’i turlarining yirik konlarini topilishi kwzda tutilmoqda.  Shu 
maqsadda bu hududga respublika geologik qidiruv ishlariga mwljallangan investitsiya hajmining 
asosiy qismi ajratilgan. 
İqlimi wta kontinental; yillik yog’in-sochin miqdori 100-200 mm atrofida. Albatta, 
mintaqada bu jihatdan qurg’oqchilik keskin sezilib turadi-mumkin bo’lgan parlanish 
amaldagisidan 9-10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog’iston Respublikasida sug’orma 
dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan va uning qishloq xo’jaligini 
rivojlanishi asosan aynan suv resurslariga bog’liq  
Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral –xom ashyo  
hamda agroiqlimiy resurslari asosani tog’-kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, chorvachilik 
va polizchilik uchun qulayroq Ayni vaqtda bu erda suv zahiralarining etishmasligidan suv elektr 
stantsiyalarini qurish, daryo transporti, intensiv sug’orma dehqonchiligi va baliqchilikni 
rivojlantirish imkoniyatlari cheklangan. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling