Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

ÁDEBIYaTLAR 
1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi tuǵrisida»gi
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 
2017 
y., 
6-son, 
70-modda, 
20-son, 
354-modda). 
http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036

2. 
Ózbekiston Respublikası Xalıq bilimlendiriw sistemasın 2030 jilǵa shekem 
rawajlandırıw 
Koncepciyasi.
https://buxgalter.uz/uz/doc?id=587716_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_h
alq_talimi_tizimini_2030_yilgacha_rivojlantirish_koncepciyasi_(o%E2%80%98zr_prezidentin
ing_29_04_2019_y_pf-5712-son_f
 
TA‘LIM JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH 
 
 
M.X.Ibragimova - Nukus davlat pedagogika
instituti magistranti 
O‘zbekiston Respublikasida ta‘limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va 
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, har tomonlama yetuk kadrlarni yetishtirish hozirgi 
kunda xalq ta‘limi zimmasidagi bosh vazifa boʻlib kelmoqda.
Darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish, qoʻshimcha topshiriqlar va o‘qituvchining 
darsni qiziqarli tashkil etishi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish, darsning 
mazmunli bo‘lishi har jihatdan o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga doir ta‘lim texnologiyalari 
hamda turli metod va vositalardan to‘g‘ri foydalanishi muhimdir. Bu kabi holatlar bugungi 
kunda ta‘lim jarayoni sifatini oshirishda dolzarb masalalardan biri sanaladi. 
bilim – o‘rganilgan ma‘lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; 
koʻnikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllay olish; 
malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay 
olish va yangi bilimlar hosil qilish; 
kompetensiya esa mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay 
olish qobiliyati. Ushbu kompetensiyani bilgan har bir o‘qituvchi o‘z ustida izlanadi, tinmay 
mehnat qiladi.


259 
Bu borada o‘qituvchi quyidagicha faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqdir: 
- oʻrgatayotgan matnlari axborot berishgagina emas, balki oʻquv fanining mazmun-
mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi; 
- oʻquvchi shaxsini fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglashga, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma 
shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
- oʻquvchi tomonidan oʻquv materiallarining toʻliq oʻzlashtirilishini ta‘minlashi; 
- qiziqarli, loʻnda va har bir oʻquvchi uchun qulay vositalardan foydalanishi; 
- vatanparvarlik va millatlararo totuvlikni rivojlantiruvchi aniq dalillarga asoslangan 
materiallarni oʻquvchilar ongiga singdirish; 
- oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini kundalik hayot va amaliyotda qoʻllay olishni 
ta‘minlash kabi bir qator talablar oldimizda turar ekan, bu har bir oʻqituvchidan katta bilim talab 
qiladi. 
Ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar ham o‘qituvchi, o‘quvchi faoliyatiga alohida e‘tibor 
berishga, zamon bilan hamqadam boʻlishga undaydi. 
Yangi electron texnologiyaning mohiyati oʻquvchini mustaqil fikrlashga oʻrgatish, bilim 
olishga qiziqishi va ehtiyojini uygʻotish demakdir. O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga 
beriladigan, namoyish qilinadigan, bajarib ko‘rsatiladigan va shunga o‘xshagan barcha turdagi 
o‘qiv axborotlarini didaktik matiriyallar deb yuritamiz. Ularni qachon va qaysi maqsadda 
qollashimizga qarab alohida guruhlarga ajratib chiqamiz. Ushbu materiyallarni qo‘llash va 
tayyorlashda didaktik vositalardan foydalanamiz. Masalan, plaratlar, fotosuratlar, audio, 
electron va video materiyallar va hokazo. O‘z navbatida vositalarning tuzilishi, ishlash tamoyili 
va didaktik inkoniyatlariga qarab tasnif qilamiz. Shundan kelib chiqqan holda mashg‘ulot 
davomida bir necha turdagi didaktik materiyallarni qo‘llashimiz mumkin, buning uchin tegishli 
didaktik vositalardan foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bular esa birgalikda shu 
mashg‘ulot uchun tuzilgan didaktik vositalar majmuasi hisoblanadi. Fanni oʻqitish bilan bogʻliq 
holda ta‘lim vositasi tanlanadi. Oʻqituvchi oʻzining ixtiyori boʻyicha koʻrgazmali materiallar, 
oʻquv qoʻllanmalardan foydalanishi mumkin. 
Tasviriy materiyallar, elektron darslikdagi obektlar, jarayonlar, hodisalarni tasvirlovchi 
sxemalarni turli rangdagi monitor ekranida tasvirlash mumkin. Ma‘iumki ko‘rgazmali 
axborotni matnli axborotga nisbatan qabul qilish yuqoriroq bo‘ladi. Grafik obyekt 
ko‘rinishidagi obrazlar inson xotirasida yaxlit qabul qilinadi va uzor muddat saqlanadi.
Fanni oʻqitish bilan bogʻliq holda ta‘lim vositasi tanlanadi. Oʻqituvchi darsning mavzusi, 
qaysi sinf ekanligi, yosh xususiyatlarini e‘tiborga olib, ixtiyoriy ravishda koʻrgazmali 
materiallardan yoki oʻquv qoʻllanmalardan foydalanishi mumkin. Ta‘lim vositasini 
qoʻllashning yana bir jihati, albatta, ta‘lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirilishidir. 
Ta‘lim jarayonida vositalarning istalgan turidan foydalanishda oʻlchov va mutanosiblikka 
e‘tibor berish kerak. Masalan, koʻrgazmali vositalarning soni yetarli boʻlmasligi bilimlarning 
sifatiga ta‘sir koʻrsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. 
Ulardan haddan tashqari foydalanish oʻquvchilarning oʻrganilayotgan fanga yengil-yelpi 
qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni oʻrganishda 4-5 demonstratsiya optimal 
hisoblanadi. Multimedia texnologiyalarida an‘anaviy texnologiyalarga nisbatan axborotlar matn 
koʻrinishida emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko‘rinishida ifodalanishi oʻquvchilarni 
darslarda faolroq, diqqatliroq, intiluvchan va qiziquvchan boʻlishga oʻrgatadi, chunki tavsiya 
qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. 
Ta‘lim vositalari tasnifi aniq va yagona boʻlishi mumkin emas. Ta‘lim vositasining 
ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qoʻllanilishi boʻlib, ular hech qachon bir-birini inkor 
etmaydi. Oʻqituvchining vazifasi – dars jarayonini faollishtirish uchun ta‘limning samarali 
vositasini tanlab olishdan iborat. 
ta‘ limning texnik vositalari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
- ta‘limning sifati va samaradorligini oshiradi;
- o‘quv jarayonining jadallashuvini ta‘minlaydi; 


260 
- o‘quvchilarni idrok qilishga yoʻnaltiradi; 
- o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
- dunyoqarashni, ishonchni, oʻquvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam 
beradi;
- oʻquv ishiga nisbatan oʻquvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta‘minlaydi;
- bilimlarni nazorat, oʻzini-oʻzi nazorat qilishni ta‘minlaydi. 
Matn yaratish va oʻquvchilarning yozma savodxonligini oshirishda ovozli video 
tasmalardan ham foydalanish yuqori samara beradi. Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma 
savodxonligi bir xilda boʻlmaydi. Ba‘zi oʻquvchilar u yoki bu qoidani yaxshi oʻzlashtira olsa, 
ba‘zilari boʻsh oʻzlashtiradi. Bu esa oʻqituvchining oʻquvchilar bilan yanada koʻproq va faolroq 
ishlashini talab qiladi.
Masalan, quyidagi didaktik vositadan foydalanish usuliga e‘tibor qarataylik. ―Yodingda 
qolsin‖ usulida besh daqiqa ichida oʻnta soʻz oʻqib beriladi va eslab qolgan soʻzlarni yozish 
topshiriladi, soʻzlar ishtirokida gap tuzdiriladi. Kompyuter orqali oʻn soniya ichida oʻnta soʻz 
eshittiriladi va soʻzlarni eslab qolib, uch daqiqa ichida yozish talab etiladi, soʻng xato yozilgan 
soʻzlar monitorda tahlil etiladi. A‟lo, oʻqish, odob, katta, hurmat, jamoat, ish, faol, qatnashmoq, 
maktab.
Xulosa qilib aytganda oʻqituvchi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini 
shakllantirishga doir ta‘lim texnologiyalari hamda turli metod va vositalardan toʻgʻri 
foydalanishi muhimdir. Bu kabi holatlar bugungi kunda ta‘lim jarayoni sifatini oshirishda 
dolzarb masalalardan biri sanaladi
Adabiyotlar 
1. Mirsagatova N.S. Ta‘lim metodlari va vositalari. Ma‘ruzalar matni. –Toshkent, 
Nizomiy nomidagi TDPU, 2019. 
2. O‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti va o‗quv dasturi. –Toshkent, 2017. 
3.  
www.ziyonet.uz
 
4. 
www.ziyouz.com
 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling