O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 Адабиётлар:
 
 
1. “Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш 
концепциясини тасдиқлаш тўғрисида”ги ПФ-5712-сонли Ўзбекистон Республикаси 
Президентининг Фармони.- 2019 йил 29 апрель. 
2. Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш 
Концепцияси. 
3.
“Умумий ўрта таълим мактаби умумтаълим фанлари методбирлашмаси тўғрисида 
Низом”/ Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирининг 2016 йил 31 мартдаги 3-мҳ-сон 
буйруғига илова. 
4.
Ўзбекисттон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг 2020 йил 13 августдаги 
183- сон буйруғи. 
5. “Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим 
стандартларини тасдиқлаш тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 
187-сонли қарори. - 2017 йил 6 апрель. 
 
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISHDA FANLARARO 
INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH 
(Tarix va psixologiya fanlar misolida) 
Y. Haydarov – Buxoro viloyati XTXQTMOXM dotsenti, тarix fanlari nomzodi
Annotatsiya:  maqolada xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
jarayonida fanlararo integratsiyadan foydalanishni takomillashtirishning dolzarb 
masalalari tarix va psixologiya fanlarini integratsiyalash misolida tahlil etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan 
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan soxalarini 
rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Ta’lim- tarbiya tizimini 
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida 
Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarini yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan 
qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 
Mazkur hujjatlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayoyrlash va malakasini 
oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va pedagog 
xodimlarni “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish 
tizimiga o‘tish vazifasi qo‘yildi. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
fanlararo integratsiyadan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, tarix va 


- 75 - 
psixologiya fanlari integratsiyasini chuqur o‘rganish “Hayot davomida o‘qish” 
tamoyilini transformatsiya qilishning muhim jihatlaridan biri, deb hisoblaymiz.
Yangi O‘zbekistonni bunyod etish borasida muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar 
jarayonida mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘qitilayotgan fanlar integratsiyasi muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Muhtaram Prezidentimiz “Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va 
mexanizmlari eng avvalo shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy 
salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq” [1.168]
ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Bu borada fanlararo integratsiya ham muhim rol o‘ynaydi. Tarix fani ham 
hamisha boshqa fanlar bilan o‘zaro integratsiyada o‘rganilgan va o‘qitilgan. Ayniqsa, 
tarix va psixologiyaning o‘zaro munosabati, bir-birini to‘ldirishi ham uzoq tarixga 
ega. Negaki, tarixchi tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirish va ushbu fanni ta’lim 
muassasalarida o‘qitish jarayonida tarixiy voqea-hodisalarning turli xususiyatlari va 
o‘ziga xos jihatlariga to‘qnash keladi va turli uslublarni qo‘llash orqali ularning 
mohiyatini anglashga harakat qiladi. Bu uslublar aksariyat hollarda tarix fanining
o‘ziga bevosita aloqador bo‘lsa, tarixiy voqea-hodisalarning ayrimlari holatiga ko‘ra 
turli boshqa fanlar (shu jumladan psixologiya fani) ning o‘rganish va o‘rgatish 
uslublariga xos bo‘lishi mumkin.
“Har qanday ta’lim jarayoni samarali bo‘lishi uchun u ta’lim oladigan shaxsning 
qiziqish va ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim… Pedagog-xodim malaka oshirish 
kursiga, odatda, yangilik olish, o‘qitishning yangi metod va texnologiyalarini 
o‘zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj 
har bir pedagogda turlicha bo‘ladi” [2.5]. 
Haqiqatda ham tinglovchilarning talab va ehtiyojlarini o‘rganganimizda, 
fanlararo 
integratsiya 
masalasida 
ko‘proq 
ma’lumot 
olishni 
istaydilar. 
O‘qituvchilarning kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib “Hayot davomida o‘qish” 
tamoyilini amalga oshirishda tarix va psixologiya fanlari integratsiyasiga oid bilim,
ko‘nikma va malakalarini oshirishda foydalanishlari uchun quyidagi uslubiy 
tavsiyalarni havola etmoqdamiz. Fikrimizcha, soha xodimlarini davriy emas, balki 
doimiy ravishda o‘qitib borish, malaka oshirishni xodimlarning kasbiy ehtiyojlaridan 
kelib chiqib tashkil etish dolzarb masalaga aylangan bugungi kunda tarix fani 
o‘qituvchisining psixologiya fani bilan integratsiyada dars o‘tishga oid bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tarixchilar o‘z tadqiqotlarida, professor-o‘qituvchilar esa tarixiy voqea-
hodisalarni yosh avlod ongi va qalbiga singdirish jarayonlarida ko‘pincha mashhur 
tarixiy shaxslar, san’at namoyondalari, xalq ommasi qahramonlarining ruhiyatini 
o‘rganadilar va tarixiy voqea- hodisalarning kelib chiqish sabablari, borishi hamda 
yakunlariga ulardagi ruhiy holatlarning ta’sirini bayon qiladilar. Tarix o‘qituvchilari 
dars jarayonida tarixiy voqea-hodisalar ishtirokchilarining ruhiyati, uning voqealar 
rivojiga ta’sirini bayon qilar ekan, masalaga talaba va o‘quvchilarning yosh va 
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashadi. Emmotsiyalarga o‘ta 


- 76 - 
berilmasdan yoshlarning xotirasi, his-tuyg‘ulari, ruhiyatidan kelib chiqib o‘quv 
mashg‘ulotlarini tashkil etadi.
Tarixiy tadqiqotlarda va tarixiy voqea-hodisalar mazmun-mohiyatini yosh avlod 
ongi va qalbiga singdirishda psixologiyaning qo‘llanilishi ommaviy harakatlar, 
inqiloblar, xalqaro munosabatlar, harbiy to‘qnashuvlar va boshqa shu kabi tarixiy 
jarayonlarning ichki ruhiy holati haqida ham to‘laroq tasavvur hosil qilishiga yordam 
beradi hamda tadqiqot va o‘quv jarayonlariga kreativ yondashuvlar imkoniyatini 
yaratadi.
XIX asrda psixologiya fanida insonni ong boshqaradi, degan tushuncha mavjud 
edi. Bugungi kunga kelib insonni xotira boshqarishi birlamchi ahamiyat kasb 
etayotganligi fanimizga ayon bo‘lib bormoqda. Xotira esa motivatsiya, hissiyot va 
tuyg‘ular orqali namoyon bo‘ladi. Buning yorqin misoli tarix fanini o‘qitish 
jarayonida talabalar hamda yosh avlod ongida “xotira urushlari” paydo bo‘lishidir. 
Bunday holatning yuzaga kelmasligi uchun psixologiya fani kategoriyalaridan unumli 
foydalanish zarur bo‘ladi. Masalan, ikkinchi jahon urushida fashistlar amalga 
oshirgan qirg‘inbarotlar va fashistlarning “xolokost” siyosati (yahudiylarning 
ommaviy qirg‘in qilinishi) ni, konslagerlardagi qirg‘inbarotlar haqida ma’lumot 
berishda tushuntirishda psixologiyaning tadqiqot usullaridan keng foydalanib, bu 
ishlarda nemis xalqi aybdor emasligini, bular fashizmning kirdikorlari ekanligini 
tahliliy tushuntirish lozim. Toki, yosh avlod ongi va qalbida nemis xalqiga nisbattan 
mavjud bo‘lgan mehr-muhabbat hech qachon so‘nmasin.
Masalaning yana bir jihatiga e’tibor qaratmoq lozim. Bir davlatning “milliy” 
tarixi boshqa davlatning “milliy” tarixiga mos kelmasligi mumkin. Kesishuv 
nuqtalarida “xotira urushlari” yuzaga keladi. O‘quvchilar ongida ana shunday “xotira 
urushlari” kelib chiqishining oldini olish uchun professor- o‘qituvchilar o‘z 
bayonlarida talaba va o‘quvchi-yoshlarning sezgilariga kuchli ta’sir etadigan, ularda 
his-hayajon uyg‘otadigan masalalarni psixologiya fanining imkoniyatlaridan 
foydalanib, ularning xotirasiga moslashtirgan holda bayon qilishlari lozim. 
“O‘zbekiston tarixi” fanidan “Arablar istilosi”, “Mo‘g‘ullar istilosi”, “Rossiya 
imperiyasi bosqini” kabi mavzularni o‘tish talaba va o‘quvchi- yoshlar ongi va 
qalbida arab dunyosiga, mo‘g‘ul xalqiga hamda buyuk rus xalqiga nisbatan 
munosabatlarida salbiy qarashlar shakllanishiga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligiga 
erishishimiz darkor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shakvkat Mirziyoyev 2020-yil 9-mayda 
“Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligi va 
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida 
O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushidagi buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini 
ko‘rsatuvchi ilmiy izlanishlar natijasida topilgan yangi ma’lumotlarni keltirdilar. 
[3.2,3] Bu yangi ma’lumotlarni o‘rgatar ekansiz, talaba-yoshlar va o‘quvchilar 
O‘zbekiston xalqining fidoyiligi, frontdagi janglarda ko‘rsatgan qahramonligi va 
oxirgi bir burda nonini ham qardosh xalqlar bilan baham ko‘rganligi haqidagi yangi 
ma’lumotlardan yanada ruhlansalar, tarixda ro‘y bergan istelochilik urushlari ularning 
ongida “xotira urushlari” ni keltirib chiqaradi. 


- 77 - 
Yoshlar ruhiyatida “xotira urushlari” ning kelib chiqishining oldini olishda tarix 
fanining psixologiya fani bilan integratsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi [4.137] . 
Taniqli olimlarimiz R. Ishmuhamedov va M. Yuldashevlar ta’kidlaganidek,
“Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi 
muammolarni hal etish uchun, yangi axborotni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan 
bilimlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, 
mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak” [5.11]. Shuning uchun ham ta’lim va 
tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib ilm-fan va ta’limda 
integratsiya jarayonlarini yanada kuchaytirish mumkin. Shundagina yoshlar 
ruhiyatida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan “xotira urushlari” ning oldini ola olamiz. 
Tarixiy xotirani yosh avlod ongi va qalbida bugungi zamon talablari darajasida 
shakllantirishda hamda bu sohada pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish 
ta’limi 
mazmunini 
takomillashtirishda 
psixologiya 
fanining
kategoriyalaridan unumli foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham, 
pedagoglarning talab va ehtiyojlari asosida amalga oshiriladigan “Hayot davomida 
o‘qish” tamoyilini amalga oshirishda tarix va psixologiya fanlari integratsiyasi 
bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni puxta egallash orqali ham o‘zlarini uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish borasidagi ehtiyojlarini qondirishga ma’lum hissa qo‘shgan 
bo‘ladilar.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling