Natsional liberallar


Download 59.24 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1518046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zahroxon 160-170-betlar



Оппортунизм





NATSIONAL - LIBERALLAR (nem.)—Germaniyada 1866—1918 yillarda yirik sanoat va savdo burjuaziyasining manfaatlarini ifodalagan siyosiy partiya N. l. 1918 y. oxirida «Xalq partiyasi» degan yangi nom olgan.
NAQB (arabcha)—shahar va qal’alarni egallash uchun yer tagidan kavlangan yo‘l.
NAQIB — biror jamoa yoki qabilaning oldingi, e’tiborli kishisi.
NAQIB XO‘JA yoki naqib eshon — sayidlar va xo‘jalar uchun yuqori faxriy unvon. N.X. xonning eng yaqin maslahatchilaridan bo‘lib, u safarga chiqqanda hamroh bo‘lgan. N.X madrasani tamomlagan kishi va payg‘ambar naslidan bo‘lishi kerak edi. Rasmiy qabul marosimlarida N. X. xonning so‘l tomonidan birinchi o‘rinda turgan. N. X. ning o‘z navkarlari bo‘lib, ular harbiy safarlarda qatnashganlar.
NAHSHAB —Qarshi shahrining qadimgi nomi; Qarshi yaqinida arab bosqinchilariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan «oq kiyimlilar» ning rahbari Hoshim ibn Hakim Muqanna tomonidan yasalgan va anchagina masofani yorituvchi oysimon asbob (naqshab oyi).
NAQSHBANDIYA — naqshbandi, naqshbendi, naqshvendi, xo‘jagoy; dastlab naqqosh va chingiziy Qozonxon zamonida jallod bo‘lib ishlagan Xo‘ja Bahovuddin Naqshband (1318—1388/89) joriy etgan so‘finizm ordeni Bahovuddin va uning izdosh- lari dastlab tarki dunyochilik, zohidlik va faqirlikni, barcha mavjudotlarga muhabbat bilan qarash mazmunidagi g‘oyalarni targ‘ib qilganlar, o‘zlari ham zohidlik va faqirlikda yashaganlar. Bora-bora N. g‘oyalarida o‘zgarish yuz berib, u boylikni maqtagan, mavjud tuzumni himoya qilgan, kofirlarga qarshi «muqaddas urush»— jihodni targ‘ib etgan.
NARYADLAR (grek.)—grek-rimliklar afsonasida oqar suvlarda va ko‘llarda yashovchi nimfalar — suv parilari.
NEQROPOL (grek.)—o‘lik shahar, kimsasiz shahar, qadimgi qabriston; quldorlik va feodalizm davrida hukmdorlar va aslzodalar dafn etiladigan qabriston bo‘lib, katta shaharlar yaqinida joylashgan N. lar katakomba — o‘ra shaklida bo‘lib, yog‘och yoki g‘isht bilan o‘ralgan. Sag‘ana, mo‘g‘ona, ehrom va maqbaralar toshdan, pishiq yoki xom g‘ishtdan ishlangan.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling